Alhidoya.uz
Advertisement
  • Бош саҳифа
  • Янгиликлар
    • Ўзбекистон
    • Жаҳон
  • Мақолалар
    • Мусулмоннинг одоби
    • Оилам – саодат масканим!
    • Таълим-тарбия
    • Ибратли ҳикоялар
    • Хислатли ҳикматлар
    • Аёллар саҳифаси
    • Саломатлик
  • Медиа
    • Видео
    • Фото
    • Аудио
  • Вакиллик
    • Вилоят вакиллиги
    • Имомлар фаолиятидан
    • Фиқҳ мактаби
    • Масжидлар
  • Бўлимлар
    • Фиқҳ
    • Рамазон
    • Савол-жавоб
    • Ислом ва иймон
    • Сийрат ва тарих
    • Ҳаж ва умра
  • Жаҳолатга қарши – маърифат!
    • Мақола
    • Видеомаъруза
    • Аудиомаъруза
No Result
View All Result
  • Бош саҳифа
  • Янгиликлар
    • Ўзбекистон
    • Жаҳон
  • Мақолалар
    • Мусулмоннинг одоби
    • Оилам – саодат масканим!
    • Таълим-тарбия
    • Ибратли ҳикоялар
    • Хислатли ҳикматлар
    • Аёллар саҳифаси
    • Саломатлик
  • Медиа
    • Видео
    • Фото
    • Аудио
  • Вакиллик
    • Вилоят вакиллиги
    • Имомлар фаолиятидан
    • Фиқҳ мактаби
    • Масжидлар
  • Бўлимлар
    • Фиқҳ
    • Рамазон
    • Савол-жавоб
    • Ислом ва иймон
    • Сийрат ва тарих
    • Ҳаж ва умра
  • Жаҳолатга қарши – маърифат!
    • Мақола
    • Видеомаъруза
    • Аудиомаъруза
No Result
View All Result
Alhidoya.uz
No Result
View All Result
Бош саҳифа Мақолалар

Yaxshiliklarni kemiruvchi illat

Yaxshiliklarni kemiruvchi illat
953
VIEWS
Facebookda ulashishTelegramda ulashish

Barchamizga ma’lumki odam bolasi uchun zohiriy kasalliklar bo’lgani kabi botiniy kasalliklar ham mavjuddir. Shunday qalb kasalliklaridan biri hasaddir.

“Hasad” so’zi lug’atda «archish» va «shilish» degan ma’nolarni anglatadi. Chunki hasad inson qalbini archadi, shiladi.

Ulamolar: “Hasad- birovga yetgan ne’matga rashk bilan qarash va u kishidan o’sha ne’mat ketib, o’zida bo’lishini qattiq hohlashdir” deganlar.

Agar inson boshqaga yetgan ne’matga quvonib, unda o’sha ne’mat qolib, o’zida ham o’shanday ne’mat bo’lishini hohlashi bu havasdir. Hasad katta gunohdir. Havas esa gunoh sanalmaydi. Osmonda ham, yerda ham qilingan birinchi gunoh hasad sabablidir. Chunki shaytonni Alloh taoloning g’azabiga giriftor bo’lishi, otamiz Odam alayhissalomga bo’lgan hasadi sababli edi. Odam alayhissalomning farzandi Qobilning qo’li qonga botishiga sabab ham ukasi Hobilga bo’lgan hasadi edi.

Alloh taolo bir qancha oyatlarda hasadni qoralagan va hasadchining hasadidan panoh so’rashga chaqirgan. U Zot Niso surasida marhamat qiladi:

أَمْ يَحْسُدُونَ النَّاسَ عَلَى مَا آتَاهُمْ اللَّهُ مِنْ فَضْلِهِ

“Yoki Alloh odamlarga O’z fazlidan bergan narsalarga hasad qilmoqdalarmi?” degan (54-oyat).

Payg’ambarimiz sollallohu alayhi vasallam Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilingan hadisda shunday marhamat qilganlar:

ولايجتمع في جوف العبد الإيمان والحسد…

“Bir bandaning ichida iymon bilan hasad jam bo’lmaydi”, dedilar. Ibn Hibbon rivoyat qilgan.

Demak, iymon bilan hasad huddi olov bilan suvdek bir-biriga tamoman zid narsalar ekan. Yana bir hadisi sharifda Payg’ambarimiz sollallohu alayhi vasallam shunday marhamat qiladilar:

عن أبي هريرة رضي الله عنه: أن النبي صلى الله عليه وسلم قال: إياكم والحسد فإن الحسد يأكل الحسنات كما تأكل النار الخطب

Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Nabiy sollallohu alayhi vasallam: “Hasaddan saqlaning! Chunki hasad yaxshiliklarni xuddi olov o’tinni yegandek, yeb yuboradi”, dedilar.

Payg’ambarimiz sollallohu alayhi vasallam hasadni huddi zararli olovga o’xshatmoqdalar. Yong’in chiqqan joyda olov hamma narsani yeb bitirganidek, hasad ham avvalo hasadchini ichini kuydiradi. Keyin asta alanga olib, yo’lida nima yaxshilik bo’lsa, hammasini kuydirib bitiradi. Hasadchilar jamiyatida ham xuddi shu manzaraning o’zini ko’rasiz.

Hasadning zararlari:

  1. Hasad Alloh taoloning g’azabiga sababdir.
  2. Hasadgo’yning qalbi hasratga to’la bo’ladi.
  3. Hasad o’z egasini matabasini pasaytiradi.
  4. Hasadchini odamlar yomon ko’radi.
  5. Hasad ne’matning zavoliga sabab bo’ladi.
  6. Hasad katta yomonliklarning manbaidir.
  7. Hasad jamiyatni buzuvchi cho’qmoqdir.
  8. Hasad axloqsizlik alomatidir.

Hasadning sabablari:

  1. Dushmanlik va yomon ko’rish. Bu hasadning eng kuchli sabablaridan biridir.
  2. Ko’ra olmaslik. Ba’zi odamlarda boshqaning o’zidan ustun bo’lishini ko’ra olmaslik odati bo’ladi.
  3. Mutakabbir kishilar o’zlaridan past odamlarga ne’mat yetganida chiday olmay hasad qilishga o’tadilar.
  4. Maqsadga erisha olmay qolishdan qo’rqish.
  5. Mansabparastlik va shuhratparastlik.
  6. Odamlarga yaxshilikni ravo ko’rmaydigan tabiati buzuq shaxs hasadchi bo’ladi. O’ziga hech aloqasi bo’lmasa ham birovga ne’mat yetishini ko’rolmaydi. O’z-o’zidan hasad qilaveradi.

Hasadning davosi:

Hasad eng og’ir qalb xastaliglaridan bo’lgani uchun uni faqat ilm va amal bilangina davolash mumkin.

Hasadni ilm bilan davolash quyidagicha bo’ladi:

Avvalo har bir kishi hasad o’zining dinu dunyosiga zarar ekanini yaxshi anglab yetmog’i lozim. Shu bilan birga, qilingan odamning na diniga va na dunyosiga zarar yetkaza olmasligini ham tushunishi kerak. Aksincha uning hasadidan dushmani foyda oladi.

Sizning hasadingiz hasad qilingan odamning oxiratiga ham zarar yetkazmasligi aniq. Chunki sizning hasadingiz unga gunoh bo’lib yozilmaydi. Balki hasadingiz sababli mazlum bo’lgani uchun foyda olishi turgan gap. Bu dunyoda uning foyda olishi sizning jizg’anak bo’lishingizdandir. Chunki odamlarning hursandchiligining sabablaridan biri dushmanining azoblanishidir.

Aytib o’tilganlarni tafakkur qilgan odamning qalbida hasad olovi so’nishi turgan gap.

Hasadni amal bilan davolash quyidagicha:

Bunda hasad dardiga mubtalo bo’lgan shaxs, hasadi unga qaysi amalni buyuradigan bo’lsa, uning aksini qilishi lozim bo’ladi. Alloh taolo barchalarimizni qalb hastaliklaridan xususan hasad nomli illatdan o’zi saqlasin!

Murodiljon G’ANIYEV,
Mir arab oliy madrasasi 4-kurs talabasi

Калит сўзлар: ҳавасҳасад
УлашишУлашиш
Alhidoya.uz таҳририяти

Alhidoya.uz таҳририяти

Фарғона вилояти вакиллиги Ахборот хизмати

Олдинги мақола

“Вақф” фонди Фарғона вилоят филиали томонидан савобли ишга қўл урилди

Кейинги мақола

Фарғона вилояти зиёратчилари Равзаи шарифда

Ўхшаш мақолалар

Ёқимли ҳид
Мақолалар

Ёқимли ҳид

02.12.2025
101
Маҳзун юзни табассумга айлантиринг
Мақолалар

Маҳзун юзни табассумга айлантиринг

01.12.2025
26
Қалбнинг чўмичи
Мақолалар

Қалбнинг чўмичи

25.11.2025
32

Сўнгги мақолалар

Ал-Азҳар ва Ўзбекистон ўртасида янги илмий лойиҳалар бошланади

Ал-Азҳар ва Ўзбекистон ўртасида янги илмий лойиҳалар бошланади

10.12.2025
14
Бугун дунё бир мақсад йўлида бирлашмоқда: глобал чақириққа айланган сана

Бугун дунё бир мақсад йўлида бирлашмоқда: глобал чақириққа айланган сана

10.12.2025
5
“Диний бағрикенглик” кўкрак нишони ўз эгаларига топширилди

“Диний бағрикенглик” кўкрак нишони ўз эгаларига топширилди

10.12.2025
38
Тошкент вилоятида кўрик-танлов бўлиб ўтди

Тошкент вилоятида кўрик-танлов бўлиб ўтди

08.12.2025
7
Ўзбекистон халқига байрам табриги

Ўзбекистон халқига байрам табриги

08.12.2025
8
Шавкат Мирзиёев Конституция байрами арафасида 615 кишини афв этди

Шавкат Мирзиёев Конституция байрами арафасида 615 кишини афв этди

08.12.2025
24
Коррупция – тараққиёт кушандаси

Коррупция – тараққиёт кушандаси

06.12.2025
9
Каъбани кўргунча бошни кўтармай туриш керакми?

Каъбани кўргунча бошни кўтармай туриш керакми?

04.12.2025
41

Сиз ҳам обуна бўлинг

Alhidoya.uz

Биз билан боғланиш:
Фарғона вилояти Фарғона шаҳри Ифтихор МФЙ Тутзор кўчаси 14-уй

Электрон почта манзили: info@alhidoya.uz

Бизни ижтимоий тармоқларда кузатинг

© 2021 alhidoya.uz - Барча ҳуқуқлар ҳимояланган | Ўзбекистон мусулмонлари идорасининг Фарғона вилояти вакиллиги.
Ишлаб чиқувчи Hindol Kodirov.
Яндекс.Метрика

No Result
View All Result
  • Бош саҳифа
  • Янгиликлар
    • Ўзбекистон
    • Жаҳон
  • Мақолалар
    • Мусулмоннинг одоби
    • Оилам – саодат масканим!
    • Таълим-тарбия
    • Ибратли ҳикоялар
    • Хислатли ҳикматлар
    • Аёллар саҳифаси
    • Саломатлик
  • Медиа
    • Видео
    • Фото
    • Аудио
  • Вакиллик
    • Вилоят вакиллиги
    • Имомлар фаолиятидан
    • Фиқҳ мактаби
    • Масжидлар
  • Бўлимлар
    • Фиқҳ
    • Рамазон
    • Савол-жавоб
    • Ислом ва иймон
    • Сийрат ва тарих
    • Ҳаж ва умра
  • Жаҳолатга қарши – маърифат!
    • Мақола
    • Видеомаъруза
    • Аудиомаъруза

© 2021 alhidoya.uz - Барча ҳуқуқлар ҳимояланган | Ўзбекистон мусулмонлари идорасининг Фарғона вилояти вакиллиги.
Ишлаб чиқувчи Hindol Kodirov.
Яндекс.Метрика