Alhidoya.uz
Advertisement
  • Бош саҳифа
  • Янгиликлар
    • Ўзбекистон
    • Жаҳон
  • Мақолалар
    • Мусулмоннинг одоби
    • Оилам – саодат масканим!
    • Таълим-тарбия
    • Ибратли ҳикоялар
    • Хислатли ҳикматлар
    • Аёллар саҳифаси
    • Саломатлик
  • Медиа
    • Видео
    • Фото
    • Аудио
  • Вакиллик
    • Вилоят вакиллиги
    • Имомлар фаолиятидан
    • Фиқҳ мактаби
    • Масжидлар
  • Бўлимлар
    • Фиқҳ
    • Рамазон
    • Савол-жавоб
    • Ислом ва иймон
    • Сийрат ва тарих
    • Ҳаж ва умра
  • Жаҳолатга қарши – маърифат!
    • Мақола
    • Видеомаъруза
    • Аудиомаъруза
No Result
View All Result
  • Бош саҳифа
  • Янгиликлар
    • Ўзбекистон
    • Жаҳон
  • Мақолалар
    • Мусулмоннинг одоби
    • Оилам – саодат масканим!
    • Таълим-тарбия
    • Ибратли ҳикоялар
    • Хислатли ҳикматлар
    • Аёллар саҳифаси
    • Саломатлик
  • Медиа
    • Видео
    • Фото
    • Аудио
  • Вакиллик
    • Вилоят вакиллиги
    • Имомлар фаолиятидан
    • Фиқҳ мактаби
    • Масжидлар
  • Бўлимлар
    • Фиқҳ
    • Рамазон
    • Савол-жавоб
    • Ислом ва иймон
    • Сийрат ва тарих
    • Ҳаж ва умра
  • Жаҳолатга қарши – маърифат!
    • Мақола
    • Видеомаъруза
    • Аудиомаъруза
No Result
View All Result
Alhidoya.uz
No Result
View All Result
Бош саҳифа Мақолалар Таълим-тарбия

Tasavvuf – go‘zal axloqdir

Tasavvuf – go‘zal axloqdir
24
VIEWS
Facebookda ulashishTelegramda ulashish

Tasavvuf ilmining ta’rifi haqida 200 dan ziyod bir biriga yaqin ma’noli fikrlar aytilgan. Shulardan, moʻtabar va boshqa ta’riflarni o‘zida jamlovchi ba’zi bir ta’riflarni keltiraman.

Shayxul islom Zakariyo Al-Ansoriy tasavvufning ta’rifi haqida quyidagi so‘zlarni aytadilar:

التصوف: علم تعرف به أحوال تزكية النفوس، وتصفية الأخلاق وتعمير الظاهر والباطن لنيل السعادة الأبدية

Tasavvuf:Abadiy saodatga erishish uchun nafsni poklash, xulqlarni musaffolashtirish,  tashqi va ichki dunyoni tuzatishni o‘rgatadigan ilmdir [7, 18].

Tasavvufning ta’rifida ba’zilar aytadiki:

التصوف كله أخلاق، فمن زاد عليك بالأخلاق زاد عليك بالتصوف

Tasavvufning barchasi go‘zal axloqdan iborat. Kimning go‘zal xulqi senning xulqingdan ziyoda bo‘lsa, bilginki u tasavvuf jihatidan sendan ustundir [8, 24].

Imom Shoziliy rahmatulloh alayh tasavvufni quyidagicha ta’riflaydilar:

التصوف: تدريب النفس على العبودية، وردها لأحكام الربوبية

Tasavvuf: Bu nafsni ubudiyat (bandalik) sifatini shakllantirishga mashq qildirish  va rabboniy hukmlarga uni topshirish [9, 73].

Xulosa qilib aytganda, insonni ham ichki ham tashqi dunyosini go‘zal bo‘lishiga, shariatdan qasd qilingan komil inson darajasiga ko‘tarilishiga xizmat qiladigan asosiy ilmlardan biri bu tasavvuf desak xato bo‘lmasa kerak.

Shariatdagi buyruqlar insonga nisbattan ikki qismga bo‘linadi:

  1. Zohiriy amallarga ta’luqli bo‘lgan hukmlar;
  2. Botiniy amallarga ta’luqli bo‘lgan hukmlar.

Boshqacha qilib aytganda insonni badani, jismiga ta’luqli bo‘lgan hukmlar va insonni qalbiga ta’luqli bo‘lgan hukmlar.

Badanga ta’luqli bo‘lgan hukmlar buyruq va qaytariqlardan iborat. Buyruqqa misol: Namoz o‘qish, zakot berish, haj qilish va hokazo… Qaytariqlarga misol: Odam o‘ldirmaslik, zino qilmaslik, o‘g‘irlik qilmaslik, aroq ichmaslik va hokazo…

Qalbiy amallar ham xuddi shunday buyruq va qaytariqlardan iborat. Buyruqlariga misol:  Allohga, uning rasullariga, farishtalarga, kitoblariga iymon keltirish, ixlosli bo‘lish, xushu’, tavakkul va hokazo… Qaytariqqa misol:  Kufr keltirmaslik, ujub, riyo, hasad qilmaslik va hokazo…

Garchi badaniy va qalbiy hukmlarning ikkalasi ham muhim bo‘lsada qalbga ta’luqli bo‘lgan hukmlar birinchisidan ko‘ra muhimroqdir. Chunki botiniy amallar zohiriy amallarning asosi va poydevori hisoblanadi. Agar botiniy amal buzilsa zohiriy amallarning barchasi fasod bo‘ladi.

Alloh taolo “Kahf” surasining 110-oyatida: “Kim Robbisiga ro‘baro‘ kelishni umid qilsa, yaxshi amal qilsin va Robbisiga ibodat qilishda birontani sherik qilmasin” [1, 304], deb marhamat qilgan.

Shuning uchun Rasululloh sollalohu alayhi vasallam sahobalarning diqqatini qalblarini isloh qilishga qaratgan edilar. Ularga: “Insonning salohiyati, qalbining salohiyati, yashirin kasalliklardan salomatligiga bog‘liq”, der edilar.

Imom Buxoriy rivoyat qilgan hadisda U zot shunday deydilar:

«الا و إنَ في الجسد مضغة  إذا صلحت صلح الجسد كلَه  و إذا فسدت فسد الجسد كلَه الا و هي القلب»

“Ogoh bo‘ling! Jasadda bir parcha go‘sht bor. Agar o‘sha tuzalsa jasadning barchasi tuzaladi. Agar o‘sha buzulsa jasadning barchasi buziladi. Ogoh bo‘ling! o‘sha bir parcha go‘sht qalbdir” [2, 20].

Xuddi shunngdek, U zot sollallohu alayhi vasallam Alloh nazar tashlaydigan joy, bu qalb ekanligini uqtirganlar. Imom Buxoriy va Imom Muslim qilgan rivoyatda Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam quyidagilarni marhamat qilganlar:

«إنَّ اللهَ لا يَنْظُرُ إِلَى أجْسَادِكُمْ ، وَلا إِلَى صُوَرِكُمْ ، وَلكِنْ يَنْظُرُ إِلَى قُلُوبِكُمْ«

Ma’nosi: “Alloh sizlarning jismlaringiz yoki suratlaringizga qaramaydi. Lekin sizning qalbingizga qaraydi” [3, 10].

Modomiki insonning salohiyati  zohiriy amallarning manbasi bo‘lgan qalbga bog‘liq ekan, uni Alloh qaytargan yomon sifatlardan tozalab isloh qilish va uni go‘zal sifatlar bilan bezash lozim ekan. Manashu ishlarni qilsa, o‘sha qalb sohibi qalbi salim najot topuvchi kishilardan bo‘lar ekan.

Alloh taolo Shuaro surasining 88-89-oyatlarida marhamat qilib aytadiki:

“U kunda molu davlat ham bola chaqa ham foyda bermaydi. Faqatgina kimiki Allohga salim qalb bilan kelsa, (o‘sha salim qalb) manfa’at beradi” [1, 371].

Qalbni poklash va nafsni tarbiyalash farzi aynlarning eng muhimidir. Alloh Taoloning ilohiy buyruqlari shuni taqozo qiladi. Bu haqda oyat, hadis va ulamolar so‘z yurutganlar. Hozir biz sizga Qur’on, hadis va ulamolarning so‘zlarida qalbni yomon xislat va kasalliklardan poklash lozimligiga dalolat qiluvchi hujjatlarni aytib chiqamiz.

Qur’ondan dalillar:  Alloh taolo A’rof surasining 33-oyatida  marhamat qilib aytadi:

“(Ey,Muhammad): “Robbim oshkora va yashirin yomonliklardan qaytardi”, deb aytgin” [1, 154].

Va yana An’om surasining 151-oyatida marhamat qilib aytadi:

“Gunoh ishlarning oshkora va yashiriniga ham yaqinlashmanglar” [1, 148].

Mufassir olimlar oyatdagi ichki, yashirin gunohdan maqsad: hasad, riyo, nifoq, deb tafsir qilganlar.

Albatta bu illatlardan qutulish va ularni oldini olish masalasini tasavvuf muolaja qiladi.

Hadisdan dalillar: Hasad, kibr, riyodan qaytaruvchi va go‘zal axloqlar bilan xulqlanishga chorlovchi barcha hadislar bizning mavzumizga hujjat bo‘la oladi.

Hadislarning birida Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam: “Iymon yetmish nechidir shoxchadan iborat. Uning eng oliysi “LA ILAHA ILLALLOH” kalimasi bo‘lsa, uning eng pastki darajasi, yo‘ldagi aziyatlarni olib tashlash. Hayo ham o‘sha iymonning shoxchalaridan biridir”, deganlar.

Iymonning mukammalligi shu shoxchalarning bir shaxsda to‘liq jamlanishi bilan bo‘ladi. Iymonning noqisligi esa o‘sha shoxchalarning kamayishi bilan bo‘ladi.

Tasavvuf  aynan manashu shoxchalarni insonda mujassam bo‘lishida katta rol o‘ynaydi.

Olimlarning so‘zlaridan dalil: Ulamolar, alohida tavbaga muhtoj bo‘ladigan qalbning kasallaridan bo‘lgan gunohi kabiralarni sanab chiqqanlar. Va bularning barini tasavvuf yo‘nalishida muolaja qilishini bayon qilib chiqqanlar.

“Javharatu tavhid” asarida Shayx Bajuriy quyidagilarni aytadilar: “Yaxshilikka chaqirib, chaqimchilik, g‘iybat, kibr, riyo, hasad, tortishuv va janjalga o‘xshagan yomon ishlardan o‘zingni tiy. Albatta bular nafsning aybi hisoblanadi. Va bu dardga uchraganlarning tabibi buyuk so‘fiylar hisoblanadi”.

“Hidoyatul Alaiyya” kitobining muallifi bu haqda quydagi so‘zlarni aytadi: “Shariat ko‘rsatmalari va olimlarning ijmosi hasad, musulmonlarni tahqirlash, kibr, o‘zidan o‘zi faxrlanib ujubga ketish, riyo, nifoq va shunga o‘xshagan jirkanch ishlarning harom ekanligiga dalolat qilgach, bu ishlarning hudud va chegaralarini bilib olib, barchasidan chetlanish va uzoqlashish lozim. Buning haqiqatini esa faqatgina tasavvuf ilmi bayon qilib beradi. [4, 64]

Demak xulosa qilib aytadigan bo‘lsak, yuqorida keltirilgan oyat va hadis-shariflardan shu bilinadiki tasavvuf musulmonlar uchun alohida ahamiyatga ega bo‘lgan, muhum yo‘nalishlardan biri ekanligi kelib chiqadi”.

Foydalanilgan adabiyotlar

  1. Abdulaziz Mansur. Qur’oni karim ma’nolar tarjima va tafsiri -Toshkent. 2009. 546 b.
  2. Muhammad ibn Ismoil Buxoriy. Sahihul buxoriy. Bayrut: «Muassatur risolatun noshirun». 2019. 1904 b.
  3. Muslim ibn Hajjoj an-Naysaburiy. Sahihi muslim. Riyoz: «Baytul afkorud davliyya». 1998. 1473 b.
  4. Alouddin Obidin. Alhidoyatul Aloiyya. Damashq: “Dorussalom”. 2003.
  5. Shoh Valiyulloh Dehlaviy. Hujjatullohil bolig‘a. Karachi: “Dorut tanvir”. 1998.
  6. Muhammad Ibn Is’hoq Al- Buxoriy Al-Kalaboziy. At-tarruf limazhabi ahli tasavvuf. Qohira: “Turosul arab”. 2000.
  7. Shayxul islom Zakariyo al-Ansoriy. Sharhu risolatil qushayriyya. Damashiq: “Dar an-nu’mon lil ulum”. 2000. 584
  8. Shayx Mustafo al-Madaniy. Annusratun nabaviyya. Madina: “Dor al-hikma”.
  9. Alloma Hamid Saqar. Nuru tahqiq. Qohira: “Turosul arab”. 2000.

Abdulhodiy Abdurahmonov,
Mir Arab  oliy madrasasi o’qituvchisi

 

УлашишУлашиш
Alhidoya.uz таҳририяти

Alhidoya.uz таҳририяти

Фарғона вилояти вакиллиги Ахборот хизмати

Олдинги мақола

Тўғри йўлдан адаштирувчи заҳар

Кейинги мақола

Инсон бармоқ излари

Ўхшаш мақолалар

Эзгу мақсадлар жам бўлган анжуман
Мақолалар

Эзгу мақсадлар жам бўлган анжуман

14.07.2026
15
Орзулар қабристони ёхуд сохта бахтнинг аччиқ якуни
Жаҳолатга қарши - маърифат!

Орзулар қабристони ёхуд сохта бахтнинг аччиқ якуни

29.06.2026
42
“Мен билмайман”, – деб айтиш илмнинг ярмидир
Мақолалар

“Мен билмайман”, – деб айтиш илмнинг ярмидир

24.06.2026
43

Сўнгги мақолалар

Муфтий ҳазрат Халқаро ислом фиқҳи академиясига аъзо бўлдилар

Муфтий ҳазрат Халқаро ислом фиқҳи академиясига аъзо бўлдилар

16.07.2026
8
Ўзбекистондаги халқаро форум дунё матбуоти нигоҳида

Ўзбекистондаги халқаро форум дунё матбуоти нигоҳида

14.07.2026
12
Эзгу мақсадлар жам бўлган анжуман

Эзгу мақсадлар жам бўлган анжуман

14.07.2026
15
Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёев Жаноби Олийларига Ислом цивилизацияси I халқаро форуми иштирокчиларининг МУРОЖААТИ

Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёев Жаноби Олийларига Ислом цивилизацияси I халқаро форуми иштирокчиларининг МУРОЖААТИ

13.07.2026
11
Дунё уламолари Cамарқандда жума намозини адо этдилар

Дунё уламолари Cамарқандда жума намозини адо этдилар

10.07.2026
18
Ўзбекистон Президенти ICESCO билан ҳамкорликни янада кенгайтириш муҳимлигини қайд этди

Ўзбекистон Президенти ICESCO билан ҳамкорликни янада кенгайтириш муҳимлигини қайд этди

10.07.2026
13
Шайхулислом Оллоҳшукур Пошшозода “Эл-юрт ҳурмати” ордени билан тақдирланди

Шайхулислом Оллоҳшукур Пошшозода “Эл-юрт ҳурмати” ордени билан тақдирланди

10.07.2026
15
Музаффар Муротович Камилов янги лавозимга тайинланди

Музаффар Муротович Камилов янги лавозимга тайинланди

10.07.2026
14

Сиз ҳам обуна бўлинг

Alhidoya.uz

Биз билан боғланиш:
Фарғона вилояти Фарғона шаҳри Ифтихор МФЙ Тутзор кўчаси 14-уй

Электрон почта манзили: info@alhidoya.uz

Бизни ижтимоий тармоқларда кузатинг

© 2021 alhidoya.uz - Барча ҳуқуқлар ҳимояланган | Ўзбекистон мусулмонлари идорасининг Фарғона вилояти вакиллиги.
Ишлаб чиқувчи Hindol Kodirov.
[wbcr_snippet id="16430"]

No Result
View All Result
  • Бош саҳифа
  • Янгиликлар
    • Ўзбекистон
    • Жаҳон
  • Мақолалар
    • Мусулмоннинг одоби
    • Оилам – саодат масканим!
    • Таълим-тарбия
    • Ибратли ҳикоялар
    • Хислатли ҳикматлар
    • Аёллар саҳифаси
    • Саломатлик
  • Медиа
    • Видео
    • Фото
    • Аудио
  • Вакиллик
    • Вилоят вакиллиги
    • Имомлар фаолиятидан
    • Фиқҳ мактаби
    • Масжидлар
  • Бўлимлар
    • Фиқҳ
    • Рамазон
    • Савол-жавоб
    • Ислом ва иймон
    • Сийрат ва тарих
    • Ҳаж ва умра
  • Жаҳолатга қарши – маърифат!
    • Мақола
    • Видеомаъруза
    • Аудиомаъруза

© 2021 alhidoya.uz - Барча ҳуқуқлар ҳимояланган | Ўзбекистон мусулмонлари идорасининг Фарғона вилояти вакиллиги.
Ишлаб чиқувчи Hindol Kodirov.
[wbcr_snippet id="16430"]