Alhidoya.uz
Advertisement
  • Бош саҳифа
  • Янгиликлар
    • Ўзбекистон
    • Жаҳон
  • Мақолалар
    • Мусулмоннинг одоби
    • Оилам – саодат масканим!
    • Таълим-тарбия
    • Ибратли ҳикоялар
    • Хислатли ҳикматлар
    • Аёллар саҳифаси
    • Саломатлик
  • Медиа
    • Видео
    • Фото
    • Аудио
  • Вакиллик
    • Вилоят вакиллиги
    • Имомлар фаолиятидан
    • Фиқҳ мактаби
    • Масжидлар
  • Бўлимлар
    • Фиқҳ
    • Рамазон
    • Савол-жавоб
    • Ислом ва иймон
    • Сийрат ва тарих
    • Ҳаж ва умра
  • Жаҳолатга қарши – маърифат!
    • Мақола
    • Видеомаъруза
    • Аудиомаъруза
No Result
View All Result
  • Бош саҳифа
  • Янгиликлар
    • Ўзбекистон
    • Жаҳон
  • Мақолалар
    • Мусулмоннинг одоби
    • Оилам – саодат масканим!
    • Таълим-тарбия
    • Ибратли ҳикоялар
    • Хислатли ҳикматлар
    • Аёллар саҳифаси
    • Саломатлик
  • Медиа
    • Видео
    • Фото
    • Аудио
  • Вакиллик
    • Вилоят вакиллиги
    • Имомлар фаолиятидан
    • Фиқҳ мактаби
    • Масжидлар
  • Бўлимлар
    • Фиқҳ
    • Рамазон
    • Савол-жавоб
    • Ислом ва иймон
    • Сийрат ва тарих
    • Ҳаж ва умра
  • Жаҳолатга қарши – маърифат!
    • Мақола
    • Видеомаъруза
    • Аудиомаъруза
No Result
View All Result
Alhidoya.uz
No Result
View All Result
Бош саҳифа Мақолалар

Faxrlandik

Faxrlandik
85
VIEWS
Facebookda ulashishTelegramda ulashish

MUNOSABAT

Har qanday shaxsning salohiyati, mehnat-u xizmatlari va albatta, munosib taqdirlanishi jamiyat hayotida nihoyatda muhim ahamiyatga ega voqea hisoblanadi. Xususan, el-yurt mehrini qozongan insonga boʻlgan yuksak eʼtibor oʻsha xalq vakillari qalbida, shuurida davom etadi. Xalq oddiygina qilib, lekin chin qalbdan, hayajon-la, “Ayni munosib insonga berilibdi!” deya munosabat bildiradi, tasanno aytadi.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti farmoniga muvofiq, Oʻrta Osiyo va Qozogʻiston musulmonlari diniy boshqarmasining sobiq raisi, muftiy, marhum shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf “Oliy Darajali Imom Buxoriy” ordeni bilan mukofotlangani haqidagi xushxabarni eshitgan ilk lahzalardayoq koʻngilda bir olam taassurot jonlandi.

Oʻrni kelganda, avvalo, mamlakatimiz ijtimoiy-madaniy-maʼrifiy hayotida Imom Buxoriy nomi bilan atalgan Oliy darajadagi orden taʼsis etilganini favqulodda unutilmas va tarixiy voqea sifatida alohida taʼkidlamogʻimiz darkor. Zero, Abu Abdulloh Muhammad ibn Ismoil Buxoriy rahmatullohi alayh bizning vatandoshimiz, faxrimiz, gʻururimiz – manglayimizda porlagan yulduzimizdir. Ul Zotning muborak ism-shariflari, imonli insoniyat maʼnaviyati pokligi yoʻlidagi bemisl xizmatlari butun dunyo islom ahli tomonidan eʼtirof etilgan va etilajakdir.

Islomiy eʼtiqod tarixi turfa zamon va davrda oʻchmas iz qoldirgan ulugʻ va betakror insonlar tarixiga chatishib ketgan. Sobit eʼtiqod sohiblari oʻz hayot yoʻllari, soʻzlari va amallari bilan zamondoshlari uchun yoʻlchi yulduzlik vazifasini ado etgan. Fikrimcha, shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf davrimizning ana shunday zabardast insonlaridan edi.

Shayx hazratlarining Oʻrta Osiyo va Qozogʻiston musulmonlari diniy boshqarmasining raisi, mustaqil Vatanimizning birinchi muftiysi sifatidagi faoliyati nihoyatda murakkab davrga toʻgʻri keldi. Ijtimoiy hayot va diniy eʼtiqod, shaxs va jamiyat, imon va axloq tushunchalari oʻrtasidagi muloqotlar nafaqat bahsli, balki gʻoyatda ziddiyatli, hatto mojaroli kechgan vaziyatlarda keng ommani va xalqni hushyorlikka chorlash, toʻgʻri va sog‘lom yoʻlga boshlashga boʻlgan ehtiyoj nihoyatda ortdi. Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf shaxsi butun salohiyati bilan ayni oʻsha murakkab davrda jamiyatimizning ilgʻor va yetakchi vakili sifatida namoyon boʻldi. Kaminaga oʻsha kezlar Hazratni turli vaziyatlarda, turli holatlarda koʻrish, kuzatish, ul muhtaram Zot bilan muloqotda boʻlish baxti nasib etar ekan, bir noyob jihatdan hayratga tushganimizni unutish qiyin.

Gap shundaki, qanday mavzumuammo, qanday bahsli holat boʻlmasin, Hazrat gʻoyatda vazminlik-bosiqlik bilan munosabat bildirar, orada tugʻilgan nifoqning oqilona yechimini oʻrtaga tashlar, yanada muhimi, mulohazalarida zarracha taraddudlanish, ikkilanish, taxmin yo mubhamlikka yoʻl qoʻyilmasdi. Bu muqarrar — imonning, islomiy ilmning, tafakkur salmogʻining puxtaligi sharofati edi!

Hazrat ulkan tashkilotchi inson edi. Muftiy sifatida mamlakat diniy hayotini yoʻlga qoʻyish, ayniqsa, diniy savodxonlikni takomillashtirish borasida tinim bilmadi, xoh ilmiy­ xoh tashkiliy, xoh maʼnaviy-xoh moliyaviy muammo boʻladimi, yechimini topar, mutaxassislarni safarbar etar, ragʻbatlantirar edi. Bunda ham zohiriy, ham botiniy salohiyat (hozirgi ilmiy lahjada aytsak – xarizma!) katta taʼsir kuchi-quvvatiga ega boʻlardi.

SSSR xalq deputati sifatida Sovet Ittifoqining soʻnggi prezidenti M.Gorbachyov bilan yuzma-yuz muloqot yakunida prezident u kishidan tilga olingan diniy mavzu va muammolarni qogʻozga tushirib berishni soʻraydi. Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf
hazratlari tongga qadar barcha muammolarni, jumladan, musulmonlarning haj ziyoratiga borish masalalarini bir necha oʻn sahifada, tabiiyki, rus tilida bayon etib, topshiradi. Kommunistlar oliy rahbari Hazrat bildirgan mulohaza, eʼtiroz va daʼvolarning birortasini rad etolmaydi…

1992-yil. Makka shahrida joylashgan Islom olami robitasida boʻlgan bir necha yigʻilishda ishtirok etishga toʻgʻri keldi. Hazratimiz arab tilida istifoda etgan maʼruzalari, nutqlari dunyo islom olamining kazo­kazolari tomonidan nihoyatda katta eʼtibor bilan tinglandi. Faxrlandik, boshimiz osmonga yetdi! Ayni damda Oʻzbekiston Prezidentining ushbu farmoni Hazratimiz hayotlik chogʻlarida aʼzosi boʻlgan koʻplab xalqaro islomiy tashkilotlar tomonidan zoʻr eʼtibor va mamnunlikka sazovor boʻlishiga shubha yoʻq.

Hazratning diniy maʼrifat targʻiboti yoʻlidagi xizmatlari beqiyos. U kishi katta gʻayrat, adoqsiz muhabbat va taʼrifga sigʻmas jonbozlik ila mehnat qildilar: oʻnlab asarlari millionlab nusxalarda mamlakatimizda, xorijiy diyorlarda qoʻlma-qoʻl oʻqilmoqda.

…Hazratga yoshligidayoq otalari kitob sovgʻa qildi. Bu – Ismoil Buxoriyning “Al-adab al-mufrad” nomli ikkinchi bosh asari edi. Tarix gʻildiragi dorilomon zamonlarga yetkazmoqda xalqimizni. Buyuk muhaddis qalamiga mansub oʻsha asar Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf hazratlari tarjimasida “Odoblar xazinasi” nomi
bilan (4 jilddan iborat) koʻngillarimizni munavvar qilmoqda.

Qadri baland donishmand zotlarimiz merosi ardoq topgan yurtda imon-eʼtiqod, jumladan, poklik, toʻgʻrilik xalqimizning ardoqli fazilatlariga aylanaveradi.

Xurshid DOʻSTMUHAMMAD,
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputati,
yozuvchi
Manba: “Yangi O‘zbekiston” gazetasi 2023-yil 4-iyul, 130-son

Калит сўзлар: FaxrФаҳрШайх Муҳаммад Содиқ Муҳаммад Юсуф
УлашишУлашиш
Alhidoya.uz таҳририяти

Alhidoya.uz таҳририяти

Фарғона вилояти вакиллиги Ахборот хизмати

Олдинги мақола

Намозда зам сурани тартиб билан ўқиш шартми?

Кейинги мақола

Шавкат Мирзиёев Швецияда Қуръони карим ёқиб юборилганини ёвуз ҳаракат деб атади ва кескин қоралади

Ўхшаш мақолалар

Ободликка қўшилган ҳиссанинг савоби улуғдир
Видео

Ободликка қўшилган ҳиссанинг савоби улуғдир

21.08.2026
23
Эзгу мақсадлар жам бўлган анжуман
Мақолалар

Эзгу мақсадлар жам бўлган анжуман

14.07.2026
73
Ҳаёт йўллари бир текис эмас
Хислатли ҳикматлар

Ҳаёт йўллари бир текис эмас

07.07.2026
75

Сўнгги мақолалар

Диний-маърифий нашрлар тарғиботига эътибор

Диний-маърифий нашрлар тарғиботига эътибор

11.09.2026
35
Имом-хатиблар учун маҳорат дарслари бошланди

Имом-хатиблар учун маҳорат дарслари бошланди

11.09.2026
36
Муфтий ҳазрат Саудия Арабистонидаги нуфузли халқаро анжуманда иштирок этмоқдалар

Муфтий ҳазрат Саудия Арабистонидаги нуфузли халқаро анжуманда иштирок этмоқдалар

07.09.2026
51
Диний таълим муассасаларида янги ўқув йили бошланди

Диний таълим муассасаларида янги ўқув йили бошланди

07.09.2026
37
Ўзбекистондаги диний-маърифий ислоҳотлар халқаро анжуман иштирокчилари эътиборида

Ўзбекистондаги диний-маърифий ислоҳотлар халқаро анжуман иштирокчилари эътиборида

05.09.2026
16
Муфтий ҳазрат анжуманда оила мустаҳкамлиги ва фарзанд тарбиясига оид муҳим ташаббусларни илгари сурдилар

Халқаро анжуманда 500 нафар иштирокчига Ўзбекистондаги диний-маърифий ислоҳотлар ва Муфтий ҳазратлари фаолиятига оид фильм намойиш этилди

04.09.2026
14
Муфтий Шайх Нуриддин Холиқназар ҳазратларига нуфузли мукофот — Имом Қарофий номидаги «Фатво соҳасидаги юксак хизматлари учун» халқаро мукофот топшириш жараёни

Муфтий Шайх Нуриддин Холиқназар ҳазратларига нуфузли мукофот — Имом Қарофий номидаги «Фатво соҳасидаги юксак хизматлари учун» халқаро мукофот топшириш жараёни

04.09.2026
17
Муфтий ҳазрат анжуманда оила мустаҳкамлиги ва фарзанд тарбиясига оид муҳим ташаббусларни илгари сурдилар

Муфтий ҳазрат анжуманда оила мустаҳкамлиги ва фарзанд тарбиясига оид муҳим ташаббусларни илгари сурдилар

04.09.2026
20

Сиз ҳам обуна бўлинг

Alhidoya.uz

Биз билан боғланиш:
Фарғона вилояти Фарғона шаҳри Ифтихор МФЙ Тутзор кўчаси 14-уй

Электрон почта манзили: info@alhidoya.uz

Бизни ижтимоий тармоқларда кузатинг

© 2021 alhidoya.uz - Барча ҳуқуқлар ҳимояланган | Ўзбекистон мусулмонлари идорасининг Фарғона вилояти вакиллиги.

No Result
View All Result
  • Бош саҳифа
  • Янгиликлар
    • Ўзбекистон
    • Жаҳон
  • Мақолалар
    • Мусулмоннинг одоби
    • Оилам – саодат масканим!
    • Таълим-тарбия
    • Ибратли ҳикоялар
    • Хислатли ҳикматлар
    • Аёллар саҳифаси
    • Саломатлик
  • Медиа
    • Видео
    • Фото
    • Аудио
  • Вакиллик
    • Вилоят вакиллиги
    • Имомлар фаолиятидан
    • Фиқҳ мактаби
    • Масжидлар
  • Бўлимлар
    • Фиқҳ
    • Рамазон
    • Савол-жавоб
    • Ислом ва иймон
    • Сийрат ва тарих
    • Ҳаж ва умра
  • Жаҳолатга қарши – маърифат!
    • Мақола
    • Видеомаъруза
    • Аудиомаъруза

© 2021 alhidoya.uz - Барча ҳуқуқлар ҳимояланган | Ўзбекистон мусулмонлари идорасининг Фарғона вилояти вакиллиги.