Мусулмоннинг одоби – Alhidoya.uz

Ilm va ulamolar
Kalit so‘zlar: Ilm, ulamolar, taqvo, Qur’on, hadis, iymon, ma’rifat, faqih, islom dini, ilm fazilati, ibodat, hidoyat.

Annotatsiya: Mazkur maqolada islom dinimizda ilmning o‘rni, uning fazilati va ulamolarning jamiyatdagi o‘rni Qur’on oyatlari hamda Payg‘ambarimiz Muhammad sollallohu alayhi vasallamning hadislari asosida yoritilgan. Unda ilmning nafaqat bilim olish, balki Alloh taologa bo‘lgan qo‘rquv va taqvoni shakllantirishdagi ahamiyati ochib beriladi. Shuningdek, ilmli va ilmsiz kishilar o‘rtasidagi farq, haqiqiy olimning sifatlari hamda ilm talab qilishning fazilatlari tahlil etilgan. Maqolada ulamolarning payg‘ambarlar merosxo‘ri ekani, ularning insoniyatni to‘g‘ri yo‘lga boshlashdagi o‘rni alohida ta’kidlanadi.

Insoniyat tarixida ilm har doim taraqqiyot va kamolotning asosiy omillaridan biri bo‘lib kelgan. Ayniqsa, islom dinida ilmga bo‘lgan e’tibor nihoyatda yuqori bo‘lib, u insonni nafaqat dunyoviy, balki ma’naviy yuksalishga ham olib boradi. Qur’on oyatlarida va Payg‘ambarimiz Muhammad sollallohu alayhi vasallamning muborak hadisi shariflarida ilmning fazilati, olimlarning darajasi va ilm talab qilishning ahamiyati qayta-qayta ta’kidlangan.

Islom dinimizning bizga bergan ta’limotiga ko‘ra, haqiqiy ilm inson qalbida Allohga nisbatan qo‘rquv va muhabbatni uyg‘otadi, uni to‘g‘ri yo‘lga boshlaydi. Shu boisdan ham ilm olish har bir musulmon uchun juda muhim vazifa hisoblanadi. Ushbu maqolada ilmning mohiyati, uning inson hayotidagi o‘rni hamda ulamolarning jamiyatdagi ahamiyati Qur’on oyatlari va hadislarga orqali tahlil qilinadi.

Alloh taolo:

قال تعالي: انما يخشي اللهَ من عبادهِ العلماءُ

“Albatta, Allohdan bandalari ichidan faqat olimlarigina qo‘rqarlar” [1, 437 b] degan.

Alloh taoloning qudratini his etib, ulardan ibrat olib, ularning yaratuvchisi borligini anglab yetib, aqli bilan Allohni topgan va undan qo‘rqqan odamgina olim hisoblanadi. Ammo mazkur maxluqotlarning tarixi, tuzulishi, tarkibidagi moddalari, xususiyatlari va boshqa turli ma’lumotlarni to‘liq o‘rganib ham ularni yaratgan zot Allohni tanimagan va undan qo‘rqmagan odam o‘ta johil hisoblanadi.

Abdulloh ibn Abbos roziyallohu anhu: “Ilm gapning ko‘pligida emas. Ilm qo‘rqishning ko‘pligidir”, degan ekanlar.

Imom Hasan al-Basriy roziyallohu anhu: “Olim Allohdan g‘oyibona qo‘rqqan odamdir. Alloh qiziqtirgan narsaga qiziqqan, Alloh yomon ko‘rgan narsadan qochgan odamdir”, deya turib: “Allohdan bandalari ichidan faqat olimlarigina qo‘rqarlar” oyatini tilovat qilar ekanlar.

Yana U zot shunday marhamat qiladi:

قال تعالي: قل هل يستوي الذين يعلمون و الذين لا يعلمون

“Biladiganlar bilan bilmaydiganlar teng bo‘ladilarmi?” [1, 459 b]

Albatta, teng bo‘lmaydilar. Biladiganlar iymon keltirib, ibodat qiladilar. Bilmaydiganlar kufr keltirib, isyon etadilar.

Rahmon Rahim bo‘lgan zot:

قال تعالي: و تلك الامثال نضربها للناس و ما يعقلها الا العالِمون

“Bu misollarni odamlarga keltiramiz, ularga faqat olimlarnigina aqli yetar”, [2: 4, 448 b] degan.

Mana shu uch oyatda ilm va ulamolar fazli haqida so‘z ketmoqda.

Birinchi oyatda Allohdan qo‘rqib, Uni ulug‘lash faqat ilmli kishilar tomonidangina sodir bo‘lishi ta’kidlanmoqda. Demak, ilmsiz kishi Allohdan qo‘rqmaydi ham, uni ulug‘lamaydi ham. Tajriba ushbu Qur’oniy haqiqatni tasdiqladi. Turli ilmlar bo‘yicha mutaxassis olimlar Allohni tanishlarini e’lon qilib, iymon-e’tiqodsiz yashash mumkin emas, degan fikrga kelganlarini aytdilar va aytmoqdalar.

Ikkinchi oyatda biladiganlar bilan bilmaydiganlar, ya’ni ilmlilar bilan ilmsizlar teng bo‘la olmasliklari haqida so‘z ketmoqda. Ilmli doimo ustun turishi va fazilatli hisoblanishi, ilmsizda esa bu narsalar bo‘lmasligiga ishora qilinmoqda.

Uchinchi oyatda esa, keltiriladigan masalalarni anglab ulardan o‘rnak olish uchun ham ilm zarurligi ta’kidlanmoqda. Bu ham ilmni va olimni ulug‘lashdir.

عن معاوية رضي الله عنه عن النبي صلي الله عليه و سلم قال: من يرد الله به خيرا يفقهه في الدين و انما انا قاسم و الله يعطي و لن تزال هذه الامة قائمة علي امر الله لا يضرهم من خالفهم حتي يأتي امر الله.

Muoviya roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: “Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam: “Alloh kimga yaxshilikni iroda qilsa, uni dinda faqih qilib qo‘yadi. Albatta, men taqsimlovchiman, xolos, Alloh beradi. Albatta, bu ummat Allohning ishi (qiyomat) kelguncha Allohning amrida qoim bo‘ladi. Ularga xilof qilganlar zarar yetkaza olmaydi”, dedilar” [6, 29 b].

Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam: “Alloh kimga yaxshilikni iroda qilsa, uni dinda faqih qilib qo‘yadi”, demoqdalar.

Demak, din ta’limotlarini yaxshi tushunadigan bo‘lish banda uchun katta baxt-saodatdir. Unga Alloh taolo yaxshilikni iroda qilganining alomatidir. Demak, diniy ilmni bandaga Alloh taoloning O‘zi beradi. Shuning uchun ham Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam gaplarining davomida:

“Albatta, men taqsimlovchiman, xolos, Alloh beradi”, demoqdalar.

Ya’ni, men Alloh bergan ilmni yetkazaman xolos, haqiqiy beruvchi Allohning O‘zi, deganlari.

Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam hadisi sharifning davomida siz bilan biz ummatlariga ulkan bashorat qilmoqdalar. U zot sollallohu alayhi vasallam musulmon ummatining kelajagi haqida so‘z yuritib: “Albatta, bu ummat Allohning ishi (qiyomat) kelguncha Allohning amrida qoim bo‘ladi. Ularga xilof qilganlar zarar yetkaza olmaydi”, dedilar.

Bu gap darhaqiqat ulkan bashoratdir. Musulmon ummati qiyomat qoim bo‘lguncha Allohning amrini tutib turishi haqidagi ta’kidli xabardir. Ehtimol hamma musulmonlar Allohning amrini birdek tutmaslar. Ba’zilari, hatto ba’zan ko‘plari Allohning amrini tutmaslar. Ammo, Islom ummati ichida Allohning amrini doimo tutuvchilar qiyomatgacha bo‘lishi aniq. Shu bilan birga Islom ummatiga xilof qiluvchilar bo‘lishi ham aniq. Eng muhimi, xilof qiluvchilar Islom ummatiga zarar yetkaza olmasligi aniq.

Bu bashorat Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallamning moʻjizalari ekani ham ochiq-oydin. Agar u zotdan boshqa odam bo‘lganida bu gapni Islom ummati zaif bo‘lib turgan paytda ayta olmas edi. Bir ming to‘rt yuz yildan ortiq muddatli tajriba Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallamning bu bashoratlarini tasdiqlab kelmoqda.

Ushbu hadisi sharifdan oladigan foydalarimiz:

Islomni yaxshi anglab, faqih bo‘lishga targ‘ib.

Islomda faqih bo‘lishlik-Allohning yaxshiligi ekani.

Islom ummati qiyomatgacha Allohning amrida qoim bo‘lishi.

Islom ummatiga birov zarar yetkaza olmasligi.

عن ابي الدرداء رضي الله عنه قال:  سمعت رسول الله صلي الله عليه و سلم يقول: من سلك طريقا يبتغي فيه علما سهل الله به طريقا الي الجنة و ان الملائكة لتضع اجنحتها رضاء لطالب العلم و ان العالم ليستغفر له من في السماوات و من في الارض حتي الحيتان في الماء وفضل العالم علي العابد كفضل القمر علي سائر الكواكب ان العلماء ورثة الانبياء ان الانبياء لم يورثوا دينارا و لا درهما انما ورثوا العلم فمن اخذ به اخذ بحظ وافر. رواه ابو داود و الترمذي.

Abu Dardo roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: “U kishi Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamning: “Kim ilm talab qilish yo‘liga yursa, Alloh unga jannat yo‘lini oson qilib qo‘yadi. Albatta, farishtalar tolibi ilmni rozi qilish uchun qanotlarini qo‘yadi. Albatta, olimga osmondagi zotlar, yerdagi zotlar, hatto suvdagi baliqlar ham istig‘for aytadi. Olimning obiddan fazli xuddi oyning boshqa yulduzlardan fazliga o‘xshaydi. Albatta, olimlar payg‘ambarlarning merosxo‘rlaridir. Albatta, payg‘ambarlar dinorni ham, dirhamni ham meros qoldirmaganlar. Albatta, ular ilmni meros qoldirganlar. Kim o‘shani olsa ulug‘ nasibani olibdi”, deganlarini eshitdim”, degan ekanlar [5, 98 b].

عن ابن عباس رضي الله عنه عن النبي صلي الله عليه و سلم قال: فقيه واحد اشد علي الشيطان من الف عابد.

Ibn Abbos roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam: “Bir faqih Shayton uchun ming obiddan ham ashaddiyroq (dushman)dir”, dedilar.

Xulosa qilib aytganda, islom dinimizda ilm eng ulug‘ ne’matlardan biri sifatida e’tirof etiladi. Qur’on oyatlari va Payg‘ambarimiz Muhammad sollallohu alayhi vasallamning hadislari ilmning nafaqat bilish vositasi, balki insonni ma’naviy kamolotga yetaklovchi asosiy omil ekanini ko‘rsatadi. Haqiqiy ilm inson qalbida Allohga nisbatan qo‘rquv va mas’uliyat hissini shakllantiradi, uni to‘g‘ri yo‘lga boshlaydi.

Maqolada aytilgan gaplardan kelib chiqib, ilmli va ilmsiz kishilar o‘rtasida keskin farq mavjudligi, ilm egalarining jamiyatdagi o‘rni yuksak ekani hamda ulamolar payg‘ambarlar merosxo‘rlari sifatida insoniyatni hidoyatga boshlovchi kuch ekanligi aniqlanadi. Shuningdek, ilm talab qilish har bir musulmon uchun muhim vazifa bo‘lib, u insonni nafaqat dunyoda, balki oxiratda ham saodatga erishtirishi ta’kidlandi.

Shu bois, jamiyat taraqqiyoti va ma’naviy yuksalish ilmga bo‘lgan e’tibor, ulamolarni qadrlash va haqiqiy ilmni o‘rganish bilan chambarchas bog‘liqdir.

FOYDALANILGAN MANBA VA ADABIYOTLAR RO‘YXATI

“Qur’oni Karim”

Tafsiri Hilol. Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf. Toshkent: ”Sharq” nashriyot-matbaa aksiyadorlik kompaniyasi bosh nashriyoti; 2009 y.

Muxtasar – tafsiri Ibn Kasir. Muhammad Ali as–Sobuniy. Bayrut nashriyoti; 1998 y.

Riyozus solihin. Imom Abu Zakariyo an–Navaviy. Bayrut nashri; 2000 y.

Din nasihatdir. Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf. Toshkent: Sharq nashriyoti; 2003 y.

Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf. Toshkent: Sharq nashriyoti; 2010 y.

Abdulhodiy Abdurahmonov,

Mir Arab  oliy madrasasi o’qituvchisi

Islom – ma’naviy uyg‘onish va axloqiy komillik dinidir
Kalit so‘zlar: Islom dini, jaholat davri, Qur’oni karim, Muhammad sollallohu alayhi vasallam, iymon, shirk, axloq, jamiyat, ma’naviyat, shariat, hadislari, harom va halol, ijtimoiy adolat.

Anotatsiya: Mazkur maqolada Islom dinining jaholat davriga barham berishdagi o‘rni ilmiy-nazariy asosda tahlil etiladi. Unda Islomning mazmun-mohiyati, uning insoniyatni to‘g‘ri yo‘lga hidoyat qilishdagi ahamiyati hamda jamiyat ma’naviy hayotini isloh etishdagi roli yoritilgan. Islom dinining asosiy manbalaridan — Qur’oni karim oyatlari va Muhammad sollallohu alayhi vasallamning hadislari orqali insonni tubanlikka yetaklovchi illatlar, jumladan shirk, qotillik, o‘g‘rilik, zino, xamr va qimorning qat’iyan man etilganini dalillar asosida bayon qilinadi.

Jamiyat ma’naviy inqiroz girdobiga g‘arq bo‘lib, axloqiy mezonlar izdan chiqqan bir davrda Islom dini tarix sahnasiga kirib kelib, insoniyat tafakkuri va ijtimoiy hayotida tub burilish yasadi. U nafaqat e’tiqodiy tizimni yangiladi, balki insonning ichki dunyosini poklash, jamiyatni esa adolat, halollik va ma’naviy komillik sari yetaklashga qaratilgan mukammal nizomni taqdim etdi.

Ilmiy-nazariy jihatdan qaralganda, Islom dini inson xulq-atvorini tartibga soluvchi qat’iy me’yorlar tizimini shakllantirdi. Alloh taolo o‘zining kalomi orqali va Payg‘ambarimiz Muhammad sollallohu alayhi vasallamning muborak sunnatlari vositasida insonni tubanlikka yetaklovchi barcha illatlarni man etdi. Jumladan, shirk – ya’ni yagona Zotga sherik keltirish, qotillik, o‘g‘rilik, qaroqchilik, zino, mast qiluvchi ichimliklarni iste’mol qilish, qimor, zulm va boshqa ko‘plab qabih amallar qat’iyan harom etildi.

Qur’oni karim oyatlarida Alloh taolo shirkni eng ulkan gunoh sifatida keskin qoralab, insonni yagona haq yo‘lga da’vat etadi.

“Albatta Alloh O‘ziga (biron narsaning) sherik qilinishini kechirmas. Shundan boshqa gunohlarni O‘zi xohlagan bandalari uchun kechirur. Kim Allohga (biror kimsa yoki narsani) sherik keltirsa, bas, u buyuk gunohni to‘qib chiqaribdi”, [2: 1, 555]. Bu oyati karimadan ko‘rinadiki kimki Alloh haq subhanahu  va taologa shirk keltirgan holda vafot etsa, u ahli jahannam erur, agar Alloh azza vajallaga iymon keltirgan holda vafot etsa, ahli jannat erur agarchi jahannamda bo‘lsa ham. Alloh azza vajallaga shirk keltirishlik eng katta gunohi kabiralardan ekanligi bu oyati karimada bayon bo‘lyapti [6, 24 b]. Til uchida Xudo bitta deyish bilan Islomning shartlari bajarilgan bo‘lib qolmaydi. Islom yagona Allohga ibodat qilishni va boshqa ilohlar to‘g‘risidagi yolg‘on tasavvurlardan voz kechishni, boshqa ahamiyatsiz voqealarga ibodat nazari ila qaramaslikni talab qiladi.

Shu bilan bir qatorda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Islomning asosini bayon qilib berdilar:

عَنْ عَبْدِ اللهِ بْنِ عُمَرَ رَضِيَ اللهُ عَنْهُمَا، قَالَ: قَالَ رَسُولُ اللهِ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ: «بُنِيَ الإِسْلاَمُ عَلَى خَمْسٍ شَهَادَةِ أَنْ لَا إِلَهَ إِلَّا اللهَ وَأَنَّ مُحَمَّدًا عَبْدُهُ وَرَسُولُهُ وَإِقَامِ الصَّلَاةِ وَإِيتَاءِ الزَّكَاةِ وَالحَجِّ وَصَومِ رَمَضَانَ». مُتَّفَقٌ عَلَيْهِ.

Abdulloh ibn Umar roziyallohu anhumodan rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: “Islom besh narsaga bino qilingandir: “Allohdan o‘zga iloh yo‘q va Muhammad uning bandasi va elchisidir”, deb guvohlik keltirish, namozni to‘kis ado etish, zakot berish, haj qilish va Ramazon ro‘zasini tutish”, – dedilar.

Odam o‘ldirish Islom shariatidagi eng katta gunohlardan biri bo‘lib, bu haqda Alloh azza vajalla shunday deydi: “Kim qasddan bir mo‘minni o‘ldirsa, uning jazosi jahannam bo‘lib, o‘sha joyda abadiy qolajak. Va u Allohning g‘azabi va la’natiga duchor bo‘lgan, Alloh uning uchun ulug‘ azobni tayyorlab qo‘ygandir”, [2: 1, 598].

Mo‘min kishini qasddan o‘ldirish shunchalik katta jinoyat va gunohki, uni qul ozod qilish bilan ham, xun to‘lash bilan ham yuvib bo‘lmaydi. Mo‘min mo‘minni qasdan o‘ldirishi bir beayb jonga qo‘shib, iymondek ulug‘ nemat bilan vujudga kelgan aqida qardoshligini ham o‘ldirishdir. Shuning uchun ham qisqa bir oyatda Alloh azza vajalla bunday jinoyatchiga jazo tayinlamoqda.[6, 48 b].

Mazkur oyatdagi jazolar oxiratda olinadigan jazodir. Ammo boshqa oyat va Hadislardan kelib chiqib, unga bu dunyoda ham ma’lum jazolar belgilangan. Avvalo qotil ustidan o‘ldirilgan shaxsning valiyul amirlari hukmga ega bo‘ladilar. Ular xohlasalar qotildan qasos olish maqsadida o‘ldirilishini talab qiladilar, xohlasalar kechib yuboradilar yoki kuchaytirilgan xun oladilar.

O‘g‘irlikni barham topishi haqida Alloh azza vajalla shunday deydi: “O‘g‘ri erkakni ham, o‘g‘ri ayolni ham qilmishlariga jazo bo‘lsin uchun, Alloh tomonidan azob bo‘lsin uchun qo‘llarini kesinglar! Alloh qudrat va hikmat egasidir”, [2: 2, 53].

Bu borada Rasululloh sollallohu alayhi vasallamdan aytilgan Hadisga nazar soladigan bo‘lsak unda:

عَنْ عَائِشَةَ رَضِيَ اللهُ عَنْهَا، قَالَتْ: أُتِيَ رَسُولُ اللهِ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ بِسَارِقٍ فَقَطَّعَهُ، فَقَالُوا: مَا كُنَّا نَرَاكَ تَبْلُغُ بِهِ هَذَا، قَالَ: «لَوْ كَانَتْ فَاطِمَةَ لَقَطَعْتُهَا». رَوَاهُ النَّسَائِيُّ.

Oisha roziyallohu anhodan rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning oldilariga bir o‘g‘ri keltirildi so‘ngra uni (qo‘lini) kesdirdilar. Bas, (sahobalar): biz sizni bunday qiladi deb o‘ylamagan edik, deyishganida Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: “Agar (qizim) Fotima bo‘lganda edi, albatta, unining (qo‘lini) o‘zim kesar edim”, – dedilar”. Imom Nasoiy rivoyat qilgan [ 3: 2, 67 b].

Bu masalaga e’tibor beradigan bo‘lsak eng avvalo Alloh azza vajalla o‘g‘irlikni qattiq malomatga olib, o‘g‘ri qilgan bu ishi evaziga qo‘li kesilishi va Alloh taolo tarafidan tayinlangan had ekani sarohatan ko‘rinib turibdi, shu bilan bir qatorda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam ham o‘zlarining hadisi shariflarida o‘g‘rini qo‘li chopilishini aytyaptilar. Agar moziyga nazar soladigan bo‘lsak bir kuni Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga bir qabilaning baobro‘ ayolni o‘g‘ilik qilgani haqidagi xabar yetib qoldi va u isbotlandi, shunda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam uni qo‘lini kesishlikka buyurdilar, so‘ng u ayoldan bir vakil kelib Rasululloh sollallohu alayhi vasallam uni kechirishligini aytganda, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: “Agar qizim Fotima bu ishni qilganda edi, unining qo‘lini o‘zim kesar edim”, deganlarini eslab ko‘rsak o‘g‘irlikni qanchalar malomatga olinganligining shohidi bo‘lamiz.

Zino jamiyatni jar yoqasiga yetaklaydigan omillardan biri bo‘lib bizning shariatimizda bu narsa juda qattiq qoralangan, zino eng katta gunohlardan biri bo‘lgani uchun ham ko‘p o‘xshatishlarda zinoga qiyos qilinadi va bu haqda Alloh azza vajalla shunday deydi:

“Zinokor ayol va zinokor erkak — ulardan har birini yuz darradan uringlar. Agar sizlar Allohga va oxirat kuniga iymon keltirguvchi bo‘lsangizlar Allohning (bu) hukmida (ya’ni zinokorlarni darralashda) sizlarni ularga nisbatan rahm-shafqat (tuyg‘ulari) tutmasin! Ularning azoblanishiga bir toifa mo‘minlar guvoh bo‘lsinlar!”, [2: 4, 104 b].

Agar oilali erkak va xotinlar zinokorlik qilsalar, ularning jazolari toshbo‘ron qilinib o‘ldirilmoqdir, shu bilan bir qatorda zinokorlarni xaloiq oldida jazolash ularga beriladigan yana bir ma’naviy jazo choralaridandir.

Yana bu oyatda jamiyatni fisqu-fasoddan toza tutish, nasl-nasablarni aralashib ketishidan saqlash va insonlarni axloqiy tubanlikdan asrash uchun Alloh taolo farz qilib qo‘ygan ayrim jazo choralari, jumladan zinokorlikka qarshi, tuhmatchilikka qarshi Islomiy jazo choralari ham zikr qilingandir. Va bu bilan Islom nazarida kishi uchun birovning molini nohaq olish qanday harom sanalsa, birovning or-nomusiga tegish yoki nohaq obro‘sini to‘kish ham shunday harom ekanligi uqtiriladi.

Xamr ichish, qimor o‘ynash va folbinlik qilish har bir shariatda qaytarilingan, shuningdek Islom dinimizda ham qaytarilingandir. Bunga quyidaga oyat hujjat bo‘ladi:

“Ey mo‘minlar, xamr (mast qiladigan ichkilik ichish), qimor (o‘ynash), butlar (ya’ni ularga sig‘inish) va cho‘plar (ya’ni cho‘plar bilan folbinlik qilish) shayton amalidan bo‘lgan harom ishdir. Bas, najot topishingiz uchun ularning har biridan uzoq bo‘lingiz! Ichkilik, qimor sababli shayton o‘rtalaringizga bug‘zu adovat solishni hamda sizlarni Allohni zikr qilishdan va namoz o‘qishdan to‘sishni istaydi, xolos! Endi to‘xtarsizlar!”, [2: 2, 115-116 b].

Bu hukm Qur’oni karimdagi aroq, qimor haqidagi oxirgi hukmdir, musulmonlar mana shu hukmga amal qilishlari farzdir. Qur’on karim oyatlari bularni quruqdan-quruq harom deyish bilan kifoyalanmay, nima sababdan harom qilinganini ham bayon qiladi. Avvalga qaytadigan bo‘lsak sahobalar xamr ichishgan holda namozga kirishgan, keyin esa bu narsa man bo‘lgan va bir necha voqealardan so‘ng xamr ichish butkul harom bo‘lgan. Xamrning kasofatidan Hamza roziyallohu anhu Ali roziyallohu anhuning to‘yimga deb olib qo‘ygan ikki tuyasini so‘yib qo‘yishi va sahobalarni bir-birlari bilan xamr sababidan kayf hollarida jiqqi musht bo‘lishganlarini tarixdan bilamiz. [6, 98 b]

Islom insonlarni qabihlikdan qaytarib, amri ma’rufga undadi. Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: “Iymon yetmishtadan ko‘p shoxdir, bas, uning eng afzali “Allohdan o‘zga iloh yo‘qdir”, deyishlik va uning eng adnosi yo‘ldan zarar beradigan narsalarni olishlik va hayo ham iymondan bir shohdir”, – dedilar.

Yuqoridagi hadisga qaraydigan bo‘lsak iymon bir nechta shoh bo‘lib, ularning eng afzali Alloh taoloni yakkayu-yolgiz deb bilish ekan. Agar inson haqiqatda ham Alloh azza vajalladan dilida qo‘rqsa unday odam gunohlardan tiyiladi, hamisha Allohni nazoratida ekanligini his qilib turadi. Uning eng adnosi, insonlarga zarar beradigan narsalarni olib qo‘yishlik. Umar roziyallohu anhu yigilik chog‘ida bilagida kuchi borlardan bo‘lib, johiliyat davrida uylarni buzib tashlaydigan, hayvonlarga ozor beradigan va yo‘llarni buzib yuradigan qiziqqonlar yoshlardan edilar. Ammo dinimiz Islom bunga ham barham berdi, yo‘ldan zarar beradigan narsalarni olishlik iymon darajasiga ko‘tarildi va buning oqibatida Umar roziyallohu anhudek zot bunyodkorlar sultoniga aylandilar. Shuningdek iffatlili va hayolili ham mo‘min kishining ramzi bo‘lishi kerak ekan.

Yaxshi xulq, ochiq chehralik, kishilarga ozor berishdan saqlaydi, bundan ko‘rinadiki Islom kelib johiliyat davridagi kishilarni sanamlaga ibodat qilishdan va behayo bo‘lishdan qaytargan ekan.

Islom husni xulqqa katta e’tibor beradi. Bu haqda Qur’oni karim oyatlari va Hadisi shariflar juda ko‘p.

Islom dini insoniyatni jaholat zulmatidan chiqarib, uni ma’naviy poklanish, axloqiy yetuklik va ijtimoiy adolat sari yetaklovchi mukammal din bo‘ldi. Qur’oni karim va Muhammad sollallohu alayhi vasallamning ta’limlari asosida inson xulq-atvori tartibga solinib, jamiyatni tanazzulga olib boruvchi illatlarga barham beriladi. Natijada sog‘lom, barqaror va ma’rifatli jamiyat shakllanishiga zamin yaratiladi.

FOYDALANILGAN MANBA VA ADABIYOTLAR RO‘YXATI

“Qur’oni Karim”

Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf. Tafsiri Hilol.Toshkent: ”Sharq” nashriyot-matbaa aksiyadorlik kompaniyasi bosh nashriyoti; 2009 y.

Muhammad ibn Abdulloh al-Xotiybul-Umariy at-Tabriziy, Mishkat ul-Masobih. Bayrut: 2001 y.

Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf. Hadis va Hayot. Toshkent: 2011

Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf. Al-adab al-Mufrad. Toshkent: 2008 y.

Imom Shamsiddin Abu Abdurahmon Muhammad ibn Ahmad ibn Usmon az- Zahabiy. Kaboir. Qohira: 2002 y.

Abdulhodiy Abdurahmonov,

Mir Arab  oliy madrasasi o’qituvchisi

Мезбоннинг одоблари
Камбағални меҳмон қилиш керак. Бойларни хослаб зиёфатга чақирмаслик зарур. Зеро, Расулуллоҳ солаллоҳу алайҳи ва саллам: “Таомларнинг энг ёмони бойлар хослаб чақирилиб, фақирлар таклиф қилинмай қолганидир”, деганлар (Имом Бухорий ривояти).

Зиёфатга таклиф қилишнинг яна бир шарти шуки, бир уйдан оила бошлиғи чақирилса, унинг ўғлини ҳам таклиф қилиш керак.

Меҳмонни иззат-икром қилиш керак. Меҳмоннинг иззати уч кун. Тўртинчи куни такаллуф қилмаса ҳам бўлади.

Уйни атайин меҳмон учун парда ва гилам билан ясатиш макруҳ. Лекин нақшли кўрпа-тўшакларни тўшаш жоиз.

Меҳмоннинг олдига уйда бор нарса қўйилади, ортиқча такаллуф қилинмайди. Меҳмонннинг олдига имкон қадар тезроқ дастурхон ёзиш керак. Нон дастурхонга тоқ ва меҳмонларга етадиган ададда қўйилади. Исрофга йўл қўймаслик лозим.

Меҳмонга лаззатли ва латиф таом едирилади. Агар таом кам бўлса, шу навдаги оддийроқ таом тайёрланиб, меҳмонга асл, ўзига оддийроқ таом тортилади. Мезбон таом тановулида меҳмонга шерик бўлади. Мабодо, нафл рўза тутган бўлса ҳам, меҳмон учун рўзасини очиши жоиз.

Меҳмон таомга ҳаддан зиёд тарғиб қилинмайди. Уч марта тарғиб қилиш кифоя. Дастурхонга таом тортилгач, аввал мезбоннинг ўзи таомга қўл узатиб, меҳмонга илтифот кўрсатади. Агар меҳмон таниш-билиш ва ошнолардан бўлса, мезбон улардан бурун таомга қўл узатмайди.

Мезбон меҳмондан олдин таомдан қўлини тортмайди.

Меҳмонни кетар чоғида эшиккача кузатиб қўйилади ва унга: “Мени ҳурмат қилиб келибсиз, Аллоҳ сизни сийласин”, деб эзгу тилак билдирилади.

Иброҳимжон ИНОМОВ тайёрлади.

“Ислом нури” газетасининг 2026 йил 7-сонидан

Kambag‘alni mehmon qilish kerak. Boylarni xoslab ziyofatga chaqirmaslik zarur. Zero, Rasululloh solallohu alayhi va sallam: “Taomlarning eng yomoni boylar xoslab chaqirilib, faqirlar taklif qilinmay qolganidir”, deganlar (Imom Buxoriy rivoyati).

Ziyofatga taklif qilishning yana bir sharti shuki, bir uydan oila boshlig‘i chaqirilsa, uning o‘g‘lini ham taklif qilish kerak.

Mehmonni izzat-ikrom qilish kerak. Mehmonning izzati uch kun. To‘rtinchi kuni takalluf qilmasa ham bo‘ladi.

Uyni atayin mehmon uchun parda va gilam bilan yasatish makruh. Lekin naqshli ko‘rpa-to‘shaklarni to‘shash joiz.

Mehmonning oldiga uyda bor narsa qo‘yiladi, ortiqcha takalluf qilinmaydi. Mehmonnning oldiga imkon qadar tezroq dasturxon yozish kerak. Non dasturxonga toq va mehmonlarga yetadigan adadda qo‘yiladi. Isrofga yo‘l qo‘ymaslik lozim.

Mehmonga lazzatli va latif taom yediriladi. Agar taom kam bo‘lsa, shu navdagi oddiyroq taom tayyorlanib, mehmonga asl, o‘ziga oddiyroq taom tortiladi. Mezbon taom tanovulida mehmonga sherik bo‘ladi. Mabodo, nafl ro‘za tutgan bo‘lsa ham, mehmon uchun ro‘zasini ochishi joiz.

Mehmon taomga haddan ziyod targ‘ib qilinmaydi. Uch marta targ‘ib qilish kifoya. Dasturxonga taom tortilgach, avval mezbonning o‘zi taomga qo‘l uzatib, mehmonga iltifot ko‘rsatadi. Agar mehmon tanish-bilish va oshnolardan bo‘lsa, mezbon ulardan burun taomga qo‘l uzatmaydi.

Mezbon mehmondan oldin taomdan qo‘lini tortmaydi.

Mehmonni ketar chog‘ida eshikkacha kuzatib qo‘yiladi va unga: “Meni hurmat qilib kelibsiz, Alloh sizni siylasin”, deb ezgu tilak bildiriladi.

Ibrohimjon INOMOV tayyorladi.

“Islom nuri” gazetasining 2026 yil 7-sonidan

Муаммо ўзимизда, ечими ҳам…
Интернет хабарларини ўқиб, уй-жой ва квартиралар олди-сотдиси эълонига кўзим тушиб қолди. Икки-уч сотих ерга қурилган икки қаватли уйни кўриб, ҳайрон қоласиз. Шунчалик ҳашаматли ва ортиқча безаклар кўпки, гўё шоҳона қаср дейсиз…

Олдинлари қишлоқдаги уйлар бир-биридан фарқ қилмас, ҳар ким қўшнимдан ошириб уй қурай демасди. Борига қаноат қилиб қариндош-уруғи йўқлаб келса, дастурхонга борини тўкар ва таъмирталаб уй-жойидан асло хижолат чекмасди. Ҳозир эса қишлоққа борганимда кимўзарга қурилаётган уйларни кўриб, танимай қоламан.

Бугун бор-буди, топган-тутганини уй-жой қуришга сарфлаб, иморатини сотувга қўйганида неча йиллар машаққат чекканини ўйлаб, арзонга сотишга кўзи қиймайётганлар ҳам йўқ эмас. Харидор ҳам ҳадеганда чиқавермайди. Катта маблағни эса ҳамма ҳам топа олмайди.

Яқинларимдан хабар олиш учун қишлоққа борганимда бир жияннинг фалончи қишлоқдошимиз икки қаватли қилиб уй кўтаргани, бунга тўрт-беш йил вақт кетгани, ҳали уйи битмаган бўлсаям, энди чақириб “том тўйи” қилиб берганини айтиб қолди.

Тўғриси, ўзбек қўлига пул тушса, ё тўй қилади, ё уй қуради. Бу билан у эл олдидан ўтишни ўйлайди. Ҳатто хорижга бориб ишлайдиган бир танишимдан: “Нега бола-чақадан узоқда у ёқларда бориб ишлайсиз?” деганимда, у: “Бу йил ишлаб уй-жой қурсам, янаги йили топган даромадимга тўй қиламан”, деганди.

Шуларни эшитиб одамзод фақат уй-жой қуриш ёки тўй қилиш учун дунёга келадими, деб ўйлаб қолдим. Улардан бошқа мақсади йўқми?!

Имом Абу Ҳомид Ғаззолий раҳимаҳуллоҳ совуқдан сақлаб, иссиқдан соя берадиган даражада қурилган уй-жой инсонга кифоя. Бундан ошиғи ҳашам, зебу зийнат ва орзу-ҳавасга берилиш, деб таъкидлайди.

Бугун бизнинг мол-дунё топишдаги ниятларимиз, мезонларимиз ўзгарди. Орзу-ҳавас балоси бизни худбин қилиб қўйди. Бирор қариндош-уруғимиз ёрдам сўраса, уй қуряпман, деб уларни қуруқ қайтармиз. Шу қурилишни озроқ тўхтатиб, уларга ёрдам берсак, демаймиз. Умримизнинг қанча қисми шу орзу-ҳавасимизга қўшилиб совурилиб кетяпти.

Одатимизга кўра, меҳмонга борган ўзбек дарҳол уй-жойига қараб мезбоннинг бой ё фақирлигини аниқлаб олади. Совчиликка борган хотинлар ҳам қизининг одоби ё тарбиясига эмас, отасининг уй-жойига бир кўз югуртириб чиқишади. Агар бирор киши тўй бошласа, биринчи иши таниш-нотанишлар олдида уялиб қолмаслик учун уй-жойини таъмирлаш бўлади. Бу билан икки карра чиқимга тушади.

Бир сўз билан айтганда, қават-қават уй қуриш, ҳаддан ортиқ безаш оддий ҳолга айланмоқда. Имкони, қурби етган киши қилса, омадини берсин. Аммо ўзи ҳаминкадар пул топиб, тўрт-беш йил бир иморат учун умрини, борини сарфлаши тўғримикин?! Ундан кўра, шу вақт ва маблағни бошқа фойдали ишларга, ҳеч бўлмаса, фарзандларининг илм олиши йўлида сарфласа, тўғри бўлмайдими?! Биргина орзу-ҳавас деб кўплаб муаммолар гирдобида қолиб кетмаяптимизми?!

Қолаверса, иморат қураётганимизда ҳаддан ортиқ ҳашамат ёки безак берилишга берилиб кетмасдан, мўмин ўлароқ ўзимиз учун қулай, аёл-қизларимизни бегона назарлардан ҳимоялашни ҳам эътибордан четда қолдирмаслигимиз шарт. Одатий динимиз талаби бўлгани боис, уй-жойлар қуришда, аввало, покланиш учун шариатга мувофиқ махсус жойларни белгилаб олиш зарур.

Ўйлаб кўрсак, кўпгина муаммоларнинг сабабчиси ўзимиз. Уни ҳал этиш учун аввал, ўзимизни ислоҳ қилишимизга тўғри келади. Аллоҳ таоло марҳамат қилади: “Аниқки, то бирор қавм ўзларини ўзгартирмагунларича, Аллоҳ уларнинг аҳволини ўзгартирмас” (Раъд сураси, 11-оят).

Бобомурод ЭРАЛИ,

«Ҳидоят» журналидан олинди

Internet xabarlarini o‘qib, uy-joy va kvartiralar oldi-sotdisi eʼloniga ko‘zim tushib qoldi. Ikki-uch sotix yerga qurilgan ikki qavatli uyni ko‘rib, hayron qolasiz. Shunchalik hashamatli va ortiqcha bezaklar ko‘pki, go‘yo shohona qasr deysiz…

Oldinlari qishloqdagi uylar bir-biridan farq qilmas, har kim qo‘shnimdan oshirib uy quray demasdi. Boriga qanoat qilib qarindosh-urug‘i yo‘qlab kelsa, dasturxonga borini to‘kar va taʼmirtalab uy-joyidan aslo xijolat chekmasdi. Hozir esa qishloqqa borganimda kimo’zarga qurilayotgan uylarni ko‘rib, tanimay qolaman.

Bugun bor-budi, topgan-tutganini uy-joy qurishga sarflab, imoratini sotuvga qo‘yganida necha yillar mashaqqat chekkanini o‘ylab, arzonga sotishga ko‘zi qiymayyotganlar ham yo‘q emas. Xaridor ham hadeganda chiqavermaydi. Katta mablag‘ni esa hamma ham topa olmaydi.

Yaqinlarimdan xabar olish uchun qishloqqa borganimda bir jiyanning falonchi qishloqdoshimiz ikki qavatli qilib uy ko‘targani, bunga to‘rt-besh yil vaqt ketgani, hali uyi bitmagan bo‘lsayam, endi chaqirib “tom to‘yi” qilib berganini aytib qoldi.

To‘g‘risi, o‘zbek qo‘liga pul tushsa, yo to‘y qiladi, yo uy quradi. Bu bilan u el oldidan o‘tishni o‘ylaydi. Hatto xorijga borib ishlaydigan bir tanishimdan: “Nega bola-chaqadan uzoqda u yoqlarda borib ishlaysiz?” deganimda, u: “Bu yil ishlab uy-joy qursam, yanagi yili topgan daromadimga to‘y qilaman”, degandi.

Shularni eshitib odamzod faqat uy-joy qurish yoki to‘y qilish uchun dunyoga keladimi, deb o‘ylab qoldim. Ulardan boshqa maqsadi yo‘qmi?!

Imom Abu Homid G‘azzoliy rahimahulloh sovuqdan saqlab, issiqdan soya beradigan darajada qurilgan uy-joy insonga kifoya. Bundan oshig‘i hasham, zebu ziynat va orzu-havasga berilish, deb taʼkidlaydi.

Bugun bizning mol-dunyo topishdagi niyatlarimiz, mezonlarimiz o‘zgardi. Orzu-havas balosi bizni xudbin qilib qo‘ydi. Biror qarindosh-urug‘imiz yordam so‘rasa, uy quryapman, deb ularni quruq qaytarmiz. Shu qurilishni ozroq to‘xtatib, ularga yordam bersak, demaymiz. Umrimizning qancha qismi shu orzu-havasimizga qo‘shilib sovurilib ketyapti.

Odatimizga ko‘ra, mehmonga borgan o‘zbek darhol uy-joyiga qarab mezbonning boy yo faqirligini aniqlab oladi. Sovchilikka borgan xotinlar ham qizining odobi yo tarbiyasiga emas, otasining uy-joyiga bir ko‘z yugurtirib chiqishadi. Agar biror kishi to‘y boshlasa, birinchi ishi tanish-notanishlar oldida uyalib qolmaslik uchun uy-joyini taʼmirlash bo‘ladi. Bu bilan ikki karra chiqimga tushadi.

Bir so‘z bilan aytganda, qavat-qavat uy qurish, haddan ortiq bezash oddiy holga aylanmoqda. Imkoni, qurbi yetgan kishi qilsa, omadini bersin. Ammo o‘zi haminkadar pul topib, to‘rt-besh yil bir imorat uchun umrini, borini sarflashi to‘g‘rimikin?! Undan ko‘ra, shu vaqt va mablag‘ni boshqa foydali ishlarga, hech bo‘lmasa, farzandlarining ilm olishi yo‘lida sarflasa, to‘g‘ri bo‘lmaydimi?! Birgina orzu-havas deb ko‘plab muammolar girdobida qolib ketmayaptimizmi?!

Qolaversa, imorat qurayotganimizda haddan ortiq hashamat yoki bezak berilishga berilib ketmasdan, mo‘min o’laroq o’zimiz uchun qulay, ayol-qizlarimizni begona nazarlardan himoyalashni ham eʼtibordan chetda qoldirmasligimiz shart. Odatiy dinimiz talabi bo‘lgani bois, uy-joylar qurishda, avvalo, poklanish uchun shariatga muvofiq maxsus joylarni belgilab olish zarur.

O‘ylab ko‘rsak, ko‘pgina muammolarning sababchisi o‘zimiz. Uni hal etish uchun avval, o‘zimizni isloh qilishimizga to‘g‘ri keladi. Alloh taolo marhamat qiladi: “Aniqki, to biror qavm o‘zlarini o‘zgartirmagunlaricha, Alloh ularning ahvolini o‘zgartirmas” (Raʼd surasi, 11-oyat).

Bobomurod ERALI,

«Hidoyat» jurnalidan olindi

Лайлатул қадр қайси кечада эканини биласизми?
Бисмиллаҳир Роҳманир Роҳийм

Лайлатул қадрга етишиш ва унда берилажак ажр-мукофотлардан баҳраманд бўлиш ҳар бир мусулмон орзуси. Шундай экан, бу муборак тунни қайси кечадан изламоқ керак?

Дастлаб, Қадр Рамазон ойининг нечанчи кечаси экани Аллоҳ ва Расули томонидан сир тутилган эди. Лекин саҳобалар Пайғамбаримиз соллаллоҳу алайҳи васалламдан Қадр кечасини аниқлаб айтиб беришларини қайта-қайта сўрашгач, у зот аввал ойнинг учинчи ўн кунлигидан, кейинроқ ойнинг охирги етти кечасидан, сўнгра ойнинг охирги ўн кунлигининг тоқ кечаларидан излаш кераклиги ҳақида айтганлар ва ҳоказо. Шунга кўра, манбаларда бу борада келган маълумотлар турличадир. Демак, Қадр кечасини қуйидаги вақтлардан топиш мумкин экан:

Йил давомида. Баъзи улуғ зотлар одамлар йилнинг маълум бир кечасига суяниб, фақатгина ўша тунни ғанимат билиб, уни ибодат билан бедор ўтказиб, қолган кечаларга бепарво бўлиб юрмасинлар деган мақсадда, бу муборак кечани топмоқчи бўлган киши йил давомида излаши керак, дейишган.

Табиийки, бу жуда машаққатли бўлиб, унга ҳамма ҳам қодир бўлолмайди. Зеро, Ислом енгиллик динидир. Аллоҳ таоло бандаларига тоқатидан ташқари нарсани юкламайди. Динимизда ҳар бир масалада кишининг ҳолати инобатга олинади, ҳатто ибодатда ҳам. Масалан, соғлом киши намозни тик туриб ўқиса, унга тоқати етмаганлар ўтириб имо-ишора билан адо этади ва ҳоказо. Аллоҳ таолонинг меҳрибонлигини қарангки, соғлом одам намоз ўқиганида, унга қанча савоб берилса, ихлос билан ўтириб, имо-ишора билан ўқилган ибодатга ҳам ўшанча ажр ёзилади. Агар буларга ато этиладиган савоблар айрича бўлганида эди, беморлар, қарилар ва заифлар сингари одамлар куч-қуввати бор соғлом кишидек савоб қозонишлари мумкин бўлмай қоларди. Бу эса, зулмдир. Ҳолбуки, Аллоҳ субҳонаҳу ва таоло ҳеч кимга зулмни раво кўрмас. Демак, Қадр кечаси ҳақида келтирилган маълумотлар ҳам шунга қиёсланади. Зеро, Қадр кечасини топиш ҳам улуғ ибодатдир.

Рамазон ойидан. Шундай қилиб, йил давомида Қадр кечасини излаш имконияти йўқ кишилар қандай йўл тутишлари керак? Улар мазкур кечани Рамазон ойидан қидирадилар. Демак, мазкур кечани топиш янада қулайлашди, йилдан ойга қисқарди.

Рамазон ойининг охирги даҳасидан. Бу муборак кечани Рамазон ойи давомида топиш кўпчиликка оғирлик қилди, дейлик. Энди, улар Рамазоннинг охирги ўнлигидан қидиришлари керак. Зеро, Ойша (розияллоҳу анҳо)дан ривоят қилинади: «Расулуллоҳ соллаллоҳу алайҳи васаллам Рамазоннинг охирги ўн кунлигида эътикоф ўтирар ва:

تَحَرَّوْا لَيْلَةَ الْقَدْرِ فِي الْعَشْرِ الأَوَاخِرِ مِنْ رَمَضَانَ

«Лайлатул қадрни Рамазоннинг охирги ўнлигидан изланглар» дер эдилар (Муттафақун алайҳ).

Демак, шарт-шароити кўтарган кишилар шу кечалар ичидан топишга ҳаракат қиладилар. Бу, Лайлатул қадрни топиш ойдан ўн кечага қисқарди, деганидир.

Рамазон ойининг охирги етти кечасидан. Лайлатул қадрни Рамазоннинг охирги даҳасидан топишга ҳам тоқати етмаганлар уни охирги етти кечадан қидиришлари мумкин. Зеро, Ибн Умар (розияллоҳу анҳумо)дан ривоят қилинишича, саҳобалардан баъзилари тушларида Лайлатул қадрни охирги етти (кеча)да эканини кўришди. Шунда Расулуллоҳ соллаллоҳу алайҳи васаллам бундай дедилар:

أَرَى رُؤْيَاكُمْ قَدْ تَوَاطَأَتْ فِي السَّبْعِ الأَوَاخِرِ فَمَنْ كَانَ مُتَحَرِّيهَا فَلْيَتَحَرَّهَا فِي السَّبْعِ الأَوَاخِرِ

«Сизларнинг тушингиз охирги етти кечага мувофиқ келаётганини кўряпман. Ким у (кеча)ни изламоқчи бўлса, охирги етти (кеча)да қидирсин» (Муттафақун алайҳ). Зотан, ҳақиқий мўминнинг кўрган туши ваҳий кабидир. Зеро, азон саҳобалар розияллоҳу анҳумнинг тушлари туфайли жорий бўлгани тарихдан маълум. Энди у зотларнинг тушлари шарофатидан Лайлатул қадрни излаш ўн кечадан етти кечага қисқарди. Бу ҳам қулай имконият.

Рамазон ойининг охирги ўн кечасининг тоқларидан. Бу Лайлатул қадрни Рамазоннинг охирги етти кечасидан излашга ожиз кишилар учун йўлдир:

عَنْ عَائِشَةَ رَضِي الله عَنْهَا أَنَّ رَسُولَ اللهِ صلى الله عليه وسلم قَالَ: تَحَرَّوْا لَيْلَةَ الْقَدْرِ فِي الْوِتْرِ مِنَ الْعَشْرِ الأَوَاخِرِ مِنْ رَمَضَانَ. رَوَاهُ الشَّيْخَانِ وَالتِّرْمِذِي

Ойша (розияллоҳу анҳо)дан ривоят қилинган ҳадисда Расулуллоҳ соллаллоҳу алайҳи васаллам дедилар: «Лайлатул қадрни Рамазоннинг охирги ўн кечасининг тоқ (кеча)ларидан изланглар» (Икки Шайх ва Термизий ривояти).

Демак, Қадр кечасини топиш еттидан беш кечага қисқарди. Улар Рамазоннинг йигирма биринчи, йигирма учинчи, йигирма бешинчи, йигирма еттинчи ва йигирма тўққизинчи кечаларидир. Ҳа, бу муборак кечалар ҳам Лайлатул қадрни топиш учун қулай фурсатдир.

Рамазон ойининг йигирма биринчи, йигирма учинчи ва йигирма бешинчи кечаларидан. Бу юқоридаги беш кечага тоқати етмаганлар учун қулай фурсатдир:

عَنِ ابْنِ عَبَّاسٍ رَضِي الله عَنْهما أَنَّ النَّبِيَّ صلى الله عليه وسلم قَالَ: الْتَمِسُوهَا فِي الْعَشْرِ الأَوَاخِرِ مِنْ رَمَضَانَ لَيْلَةَ الْقَدْرِ فِي تَاسِعَةٍ تَبْقَى فِي سَابِعَةٍ تَبْقَى فِي خَامِسَةٍ تَبْقَى. رواه البخاري.

Ибн Аббос (розияллоҳу анҳумо)дан ривоят қилинган ҳадиси шарифда Набий соллаллоҳу алайҳи васаллам бундай дедилар: «Лайлатул қадрни Рамазондан охирги ўн (кечаси)да изланглар: тўққиз кеча қолганда, етти кеча қолганда, беш кеча қолганда» (Имом Бухорий ривояти). Демак, Лайлатул қадрни топиш беш кечадан учга қисқарди. Шунга кўра, бу Рамазоннинг йигирма биринчи, йигирма учинчи ва йигирма бешинчи кечаларидан топиш керак бўлади.

Рамазоннинг йигирма еттинчи кечасидан. Мазкур уч кечага ҳам мажоли етмаганлар Қадр кечасини Рамазоннинг йигирма еттинчи кечасидан излашга имконлари бор. Зеро, бу улуғ тун Рамазоннинг айнан шу кечасида эканига далолат қиладиган ҳадислар кўпдир. Жумладан, Муовия ибн Абу Суфён (розияллоҳу анҳу)дан ривоят қилинган ҳадисда Набий соллаллоҳу алайҳи васаллам дедилар:

لَيْلَةُ الْقَدْرِ لَيْلَةُ سَبْعٍ وَعِشْرِينَ

«Лайлатул қадр йигирма еттинчи кечададир» (Имом Абу Довуд ва Аҳмад ривояти).

Машҳур саҳобий Убай ибн Каъб розияллоҳу анҳу Пайғамбаримиз соллаллоҳу алайҳи васалламнинг Қадр кечаси ҳақидаги айтган аломатларидан аниқлаб, жазм билан уни йигирма еттинчи кечада эканини таъкидлаганлар. Унинг аломати ўлароқ, ўша кечанинг баракотларига гувоҳ бўлиш учун жуда кўп фаришта осмондан ерга тушиб-чиқар экан. Уларнинг кўплигидан қуёш ёғдуси тўсилади. Шу боис, ўша кечанинг тонгида қуёш тоғарага ўхшаб, атрофга зиё сочмай кўтариларкан.

Қадр кечаси Рамазон ойининг йигирма еттинчисида экани Ислом оламида машҳурдир.

Демак, бу муборак ойни ғанимат билиб, имкони бўлса, барча кечаларида ибодатга бел боғлаб, бедор ўтказишга, айниқса, йигирма еттинчи кечага алоҳида эътибор қаратиш керак. Шу билан бирга, бу муборак кечада, аҳли оила, ёру дўстларни ҳам ибодатга чорлаш мақсадга мувофиқдир. Аллоҳ таоло ўша кечанинг баракотидан минг ойлик ибодатнинг савобидан кўра кўпроқ ажр беришидан умидвор бўлиш лозим. Ўша кечада қилинган ибодат ва дуолар фазлидан ўтган гуноҳларнинг кечирилишини умид қилиш даркор.

Рамазоннинг охирги ўн кечанинг биридан. Ривоятларда келишича, Пайғамбари­миз соллаллоҳу алайҳи васаллам Қадр кечасини изламоқчи бўлиб, Рамазоннинг аввалги ва ўрта ўн кунликларида эътикоф ўтирдилар. Шунда тушларида у тун Рамазоннинг охирги ўн кунлигида экани, ўша кечанинг аломати ўлароқ у зот тонгда лой ҳамда сувга сажда қилишларини кўрдилар. Буни кишиларга айтиб, уларни ҳам эътикоф ўтиришга чорладилар. Бир куни тонгда ёмғир ёғди. Масжиди Набавиянинг томи хурмо шохлари билан ёпилганидан, диярли ёмғирнинг кўп қисми масжид ерига тушар эди. Бомдод намози ўқилганида Пайғамбаримиз соллаллоҳу алайҳи васалламнинг муборак пешона ва бурунлари учига лой ҳамда сув тегди. Шунда саҳобалар дарҳол Лайлатул қадр аломатини эсладилар. Ўшанда Рамазоннинг йигирма биринчи кечаси эди. Бошқа ривоятда эса, Расулуллоҳ соллаллоҳу алайҳи васаллам: «Менга Лайлатул қадр кўрсатилди. Сўнгра хотирамдан кўтарилди. Менимча, ўша кечанинг тонгида лой ва сувга сажда қилсам керак», дедилар. Шунда Рамазоннинг йигирма учинчи кечасида ёмғир қўйди».

Уламолар Лайлатул қадр ҳар йили кўчиб юради, бир йил у кечада, кейинги йил бу кечада, деганлар. Шу эътибордан, у кечани топмоқчи бўлган киши Рамазон ойининг ҳамма кечаларини ибодат билан ўтказса, албатта, уни топади. Аллоҳ таоло ҳаммамизни бу улуғ онларнинг файзу баракотидан насибадор қилсин, дуоларимизни ижобат айласин, гуноҳларимизни афв этсин, тавбаларимизни қабул қилсин. Бу муборак ойнинг шарофатидан бутун дунёга, айниқса, юртимизга тинчлик-хотиржамликни бардавом айласин. Омин!

Толибжон ҚОДИРОВ

Поклик ва ободончилик — эзгу анъаналар давоми
Халқимиз азалдан меҳнатсеварлик, ҳамжиҳатлик ва бир-бирини қўллаб-қувватлаш каби фазилатлари билан танилган. Ана шу гўзал анъаналардан бири ҳашардир.

Ҳашар – бу инсонларнинг ихтиёрий равишда бирлашиб, жамоат манфаати учун меҳнат қилиши, юртни обод қилиш ва атроф-муҳитни пок сақлаш йўлида биргаликда ҳаракат қилишидир. Бундай ишлар халқимизнинг бирдамлиги ва меҳр-оқибатини намоён этади.

Ҳашар пайтида маҳалла аҳолиси бирлашиб, кўчаларни тозалайди, ариқ ва зовурларни очади, дарахтлар экиб, боғ-роғлар барпо этади. Бу ишлар орқали нафақат атроф-муҳит чиройли бўлади, балки одамлар ўртасидаги дўстлик ва ҳамкорлик ҳам мустаҳкамланади. Ёшлар кексалардан ибрат олиб, меҳнатнинг қадрини англайди. Шу боис ҳашар фақат ободонлаштириш эмас, балки тарбиявий аҳамиятга ҳам эга.

Динимизда ҳам поклик, ободонлик ва жамоат манфаати учун хизмат қилиш катта савобли ишлардан ҳисобланади.

Пайғамбаримиз Муҳаммад ﷺ:

«الطُّهُورُ شَطْرُ الإِيمَانِ»

яъни: «Поклик, иймоннинг ярмидир», – деб марҳамат қилганлар. Бу ҳадис инсонни нафақат шахсий покликка, балки атроф-муҳитни ҳам тоза сақлашга чақиришини англатади.

Бошқа бир ҳадисда Пайғамбаримиз ﷺ шундай деганлар:

«إِمَاطَةُ الأَذَى عَنِ الطَّرِيقِ صَدَقَةٌ»

яъни: «Йўлдан озор берувчи нарсани олиб ташлаш ҳам садақадир». Бу ҳадисдан кўриниб турибдики, кўчаларни тозалаш, йўлларни тартибга келтириш ва жамоат жойларини пок сақлаш ҳам савобли амал ҳисобланади.

Исломда ерни обод қилиш ҳам инсоннинг вазифаларидан бири сифатида кўрсатилади. Қуръони каримда Аллоҳ таоло инсонни ер юзида ободончилик қилиш учун яратгани таъкидланади. Бу маънода одамлар табиатни асраш, дарахтлар экиш ва ерни обод қилишга масъулдир.

Дарахт экишнинг фазилати ҳақида ҳам ҳадисларда катта савоб ваъда қилинган. Расулуллоҳ ﷺ: «Агар бир мусулмон дарахт экса ва ундан инсон, қуш ёки ҳайвон еса, бу унинг учун садақа бўлади», – деб айтганлар.

Бу ҳадис дарахт экиш ва табиатни асрашнинг қанчалик савобли амал эканини кўрсатади. Шунинг учун ҳашар пайтида дарахт экиш, кўчатлар ўтқазиш ва яшил ҳудудларни кўпайтириш жуда муҳим иш ҳисобланади.

Ҳашарнинг яна бир муҳим жиҳати – у одамларни бирлаштиради. Маҳалла аҳолиси бир жойга жам бўлиб, биргаликда меҳнат қилганда ўзаро ҳурмат ва аҳиллик кучаяди. Бундай муҳитда ёшлар ҳам жамоатчилик ишларига масъулият билан қарашни ўрганади. Бу эса келажак авлоднинг ҳам ватанпарвар ва меҳнатсевар бўлиб етишишига хизмат қилади.

Юртни обод қилиш ҳар бир инсоннинг бурчидир. Ҳар ким ўз уйи, маҳалласи ва атрофини тоза ва тартибли сақласа, бутун юрт гўзал ва файзли бўлади. Шу сабабли ҳашар каби ишлар халқимиз ҳаётида катта аҳамиятга эга. Агар ҳар бир инсон юрти равнақи учун ўз ҳиссасини қўшса, Ватанимиз янада гўзал, обод ва фаровон бўлади.

Исломжон Маматов,

Олтиариқ тумани «Шоҳ Толиб» масжиди имом-ноиби

Таҳририятдан:

Улуғ ва муборак кунлар арафасида ана шундай эзгу анъаналар янада жонланди. Юртимиз бўйлаб ўтказилган умумхалқ ҳашари аҳолининг бирдамлиги ва ободончилик ишларига бўлган юксак эътиборини яна бир бор намоён этди. Ушбу тадбирда фуқаролар, маҳалла фаоллари, нуронийлар ва ёшлар фаол иштирок этиб, ҳудудларда кенг кўламли тозалик ишлари амалга оширилди.

Ҳашар давомида хонадонлар, маҳалла ва кўчалар тартибга келтирилиб, атроф-муҳит тозаланди. Шунингдек, халқимиз учун муқаддас саналган қабристонлар, зиёратгоҳлар ва масжидлар ҳудудларида ҳам ободонлаштириш ишлари олиб борилди. Дарахтлар парвариш қилиниб, ҳудудлар тартибга келтирилди, ортиқча чиқиндилар тозаланди.

Хусусан, вилоятимизда фаолият юритиб келаётган 202 та масжидда ҳам кенг кўламли ҳашар тадбирлари ташкил этилди. Имом-хатиблар, масжид ходимлари ва маҳалла аҳли биргаликда масжидлар атрофини обод қилиш, ҳудудларни тозалаш ва тартибга келтириш ишларида фаол иштирок этдилар.

Муборак Рамазон ойи ва Рамазон ҳайити арафасида амалга оширилган бу каби эзгу ишлар натижасида зиёратгоҳлар ва ибодатгоҳлар янада гўзалликка бурканди. Бу эса юртимизда поклик, ободончилик ва бирдамлик анъаналари изчил давом этаётганининг ёрқин намунаси демакдир.

Xalqimiz azaldan mehnatsevarlik, hamjihatlik va bir-birini qo‘llab-quvvatlash kabi fazilatlari bilan tanilgan. Ana shu go‘zal anʼanalardan biri hashardir.

Hashar – bu insonlarning ixtiyoriy ravishda birlashib, jamoat manfaati uchun mehnat qilishi, yurtni obod qilish va atrof-muhitni pok saqlash yo‘lida birgalikda harakat qilishidir. Bunday ishlar xalqimizning birdamligi va mehr-oqibatini namoyon etadi.

Hashar paytida mahalla aholisi birlashib, ko‘chalarni tozalaydi, ariq va zovurlarni ochadi, daraxtlar ekib, bog‘-rog‘lar barpo etadi. Bu ishlar orqali nafaqat atrof-muhit chiroyli bo‘ladi, balki odamlar o‘rtasidagi do‘stlik va hamkorlik ham mustahkamlanadi. Yoshlar keksalardan ibrat olib, mehnatning qadrini anglaydi. Shu bois hashar faqat obodonlashtirish emas, balki tarbiyaviy ahamiyatga ham ega.

Dinimizda ham poklik, obodonlik va jamoat manfaati uchun xizmat qilish katta savobli ishlardan hisoblanadi.

Payg‘ambarimiz Muhammad ﷺ:

«الطُّهُورُ شَطْرُ الإِيمَانِ»

yaʼni: «Poklik, iymonning yarmidir», – deb marhamat qilganlar. Bu hadis insonni nafaqat shaxsiy poklikka, balki atrof-muhitni ham toza saqlashga chaqirishini anglatadi.

Boshqa bir hadisda Payg‘ambarimiz ﷺ shunday deganlar:

«إِمَاطَةُ الأَذَى عَنِ الطَّرِيقِ صَدَقَةٌ»

yaʼni: «Yo‘ldan ozor beruvchi narsani olib tashlash ham sadaqadir». Bu hadisdan ko‘rinib turibdiki, ko‘chalarni tozalash, yo‘llarni tartibga keltirish va jamoat joylarini pok saqlash ham savobli amal hisoblanadi.

Islomda yerni obod qilish ham insonning vazifalaridan biri sifatida ko‘rsatiladi. Qurʼoni karimda Alloh taolo insonni yer yuzida obodonchilik qilish uchun yaratgani taʼkidlanadi. Bu maʼnoda odamlar tabiatni asrash, daraxtlar ekish va yerni obod qilishga masʼuldir.

Daraxt ekishning fazilati haqida ham hadislarda katta savob vaʼda qilingan. Rasululloh ﷺ: «Agar bir musulmon daraxt eksa va undan inson, qush yoki hayvon yesa, bu uning uchun sadaqa bo‘ladi», – deb aytganlar.

Bu hadis daraxt ekish va tabiatni asrashning qanchalik savobli amal ekanini ko‘rsatadi. Shuning uchun hashar paytida daraxt ekish, ko‘chatlar o‘tqazish va yashil hududlarni ko‘paytirish juda muhim ish hisoblanadi.

Hasharning yana bir muhim jihati – u odamlarni birlashtiradi. Mahalla aholisi bir joyga jam bo‘lib, birgalikda mehnat qilganda o‘zaro hurmat va ahillik kuchayadi. Bunday muhitda yoshlar ham jamoatchilik ishlariga masʼuliyat bilan qarashni o‘rganadi. Bu esa kelajak avlodning ham vatanparvar va mehnatsevar bo‘lib yetishishiga xizmat qiladi.

Yurtni obod qilish har bir insonning burchidir. Har kim o‘z uyi, mahallasi va atrofini toza va tartibli saqlasa, butun yurt go‘zal va fayzli bo‘ladi. Shu sababli hashar kabi ishlar xalqimiz hayotida katta ahamiyatga ega. Agar har bir inson yurti ravnaqi uchun o‘z hissasini qo‘shsa, Vatanimiz yanada go‘zal, obod va farovon bo‘ladi.

Islomjon Mamatov,

Oltiariq tumani «Shoh Tolib» masjidi imom-noibi

Tahririyatdan:

Ulug‘ va muborak kunlar arafasida ana shunday ezgu anʼanalar yanada jonlandi. Yurtimiz bo‘ylab o‘tkazilgan umumxalq hashari aholining birdamligi va obodonchilik ishlariga bo‘lgan yuksak eʼtiborini yana bir bor namoyon etdi. Ushbu tadbirda fuqarolar, mahalla faollari, nuroniylar va yoshlar faol ishtirok etib, hududlarda keng ko‘lamli tozalik ishlari amalga oshirildi.

Hashar davomida xonadonlar, mahalla va ko‘chalar tartibga keltirilib, atrof-muhit tozalandi. Shuningdek, xalqimiz uchun muqaddas sanalgan qabristonlar, ziyoratgohlar va masjidlar hududlarida ham obodonlashtirish ishlari olib borildi. Daraxtlar parvarish qilinib, hududlar tartibga keltirildi, ortiqcha chiqindilar tozalandi.

Xususan, viloyatimizda faoliyat yuritib kelayotgan 202 ta masjidda ham keng ko‘lamli hashar tadbirlari tashkil etildi. Imom-xatiblar, masjid xodimlari va mahalla ahli birgalikda masjidlar atrofini obod qilish, hududlarni tozalash va tartibga keltirish ishlarida faol ishtirok etdilar.

Muborak Ramazon oyi va Ramazon hayiti arafasida amalga oshirilgan bu kabi ezgu ishlar natijasida ziyoratgohlar va ibodatgohlar yanada go‘zallikka burkandi. Bu esa yurtimizda poklik, obodonchilik va birdamlik anʼanalari izchil davom etayotganining yorqin namunasi demakdir.

Рамазон — меҳр-мурувват, аҳиллик ва шукроналик ойи!
Рамазон ойи – мусулмонлар учун энг улуғ, файзли ва баракали ойлардан бири ҳисобланади. Бу ойда Аллоҳ таолонинг раҳмати кенг ёйилади, бандаларнинг қилган яхшиликлари кўпайтирилади, гуноҳлари кечирилади ва улар жаннатга мушарраф бўлиш учун улкан имкониятга эга бўладилар.

Рамазон – Қуръон нозил қилинган, рўза фарз қилинган, савоблар бир неча баробар орттирилган ва мўминлар учун жаннат эшиклари очилган ойдир. Бу ойни ибодат, зикр, Қуръон тиловати, рўза, садақа, хайру эҳсон ва шукроналик билан ўтказиш ҳар бир мусулмон учун шараф ва улкан имкониятдир.

Аллоҳ таоло Қуръони каримда шундай марҳамат қилади: “Рамазон ойи – унда одамларга ҳидоят ҳамда ҳидояту фурқондан иборат очиқ-ойдин ҳужжатлар бўлиб, Қуръон нозил қилинган. Сизлардан ким бу ойга етса, рўза тутсин…” (Бақара сураси, 185-оят).

Бу оятда Рамазон ойининг фазилати ва унинг ила келган улкан неъмат – Қуръони карим зикр қилинган. Рамазон ойининг энг буюк аломати шуки, унда Пайғамбаримиз алайҳиссаломга ва бутун инсониятга ҳидоят манбаи бўлган Қуръони карим нозил қилинган. Пайғамбаримиз Муҳаммад соллаллоҳу алайҳи васаллам Рамазон ойининг улкан фазилатлари ҳақида шундай деганлар:

“Рамазон ойи келса, жаннат эшиклари очилади, дўзах эшиклари ёпилади ва шайтонлар кишанланади”.

Бу ҳадисда Рамазон ойида мусулмонлар учун жаннат эшиклари очилиши, гуноҳлар кечирилиши ва шайтонларнинг таъсири сусайиши зикр қилинган.

Рамазон ойининг энг улуғ ибодати – рўза. Бу ибодат Аллоҳ таолонинг буйруғи бўлиб, ҳар бир балоғатга етган, соғлом мусулмон киши учун фарз қилингандир. Аллоҳ таоло Қуръонда шундай марҳамат қилади:

“Эй иймон келтирганлар! Сизлардан олдин ўтган умматларга рўза фарз қилингани каби сизларга ҳам рўза фарз қилинди. Шоядки, тақводор бўлсангиз!” (Бақара сураси, 183-оят).

Бу оятда рўзанинг асосий мақсади тақво эканлиги таъкидланмоқда. Рўза нафақат очлик ва чанқоқликни ҳис қилиш, балки нафсни тийиш, гуноҳлардан сақланиш, қалбни поклаш ва Аллоҳга яқинлашиш учун ажойиб имкониятдир.

Пайғамбаримиз алайҳиссалом шундай деганлар: “Ким Рамазон ойида иймон ва ихлос билан рўза тутса, унинг олдинги гуноҳлари кечирилади”.

Ушбу ҳадисдан кўриниб турибдики, Рамазон ойини ибодат ва тавба билан ўтказган мусулмон гуноҳларидан покланади ва жаннатга мушарраф бўлиш имконига эга бўлади.

Рамазон ойи фақатгина рўза тутиш ойи эмас, балки инсонлар ўртасида муҳаббат, биродарлик ва хайру эҳсонни кенг ёйиш ойидир. Бу йил муборак Рамазон ойини “Рамазон — меҳр-мурувват, аҳиллик ва шукроналик ойи” шиори остида ўтказишга алоҳида эътибор қаратилмоқда. Ушбу эзгу ғоя халқимизга хос бағрикенглик, бир-бирига меҳр ва ҳамжиҳатлик фазилатларини янада мустаҳкамлашга хизмат қилади. Айниқса, Рамазон ойи инсонларни яхшилик қилишга, муҳтожларга кўмак беришга, оила ва жамиятдаги ўзаро ҳурмат ва ҳамкорликни кучайтиришга ундайдиган улуғ даврдир. Шу маънода, бу йилги шиор жамиятимизда саховат, бағрикенглик ва шукроналик муҳитини янада кенг ёйишга қаратилган муҳим ташаббус сифатида намоён бўлмоқда.

Давлатимиз раҳбари томонидан Рамазон ойида аҳолини ижтимоий қўллаб-қувватлаш мақсадида 1 триллион сўм маблағ ажратилиши юртимизда инсон қадрини юксалтиришга бўлган эътиборнинг амалий ифодасидир. Ушбу маблағлар орқали кам таъминланган оилалар, ногиронлиги бўлган шахслар, ёлғиз кексалар ва эҳтиёжманд қатлам вакилларига моддий ва маънавий кўмаклар кўрсатилади. Бу эса юртимизда ижтимоий адолат ва бирдамлик тамойиллари янада мустаҳкамланиб, ҳар бир инсон қалбида Рамазон ойининг ҳақиқий руҳи — меҳр-шафқат ва шукроналик туйғулари янада юксалишига хизмат қилади. Зеро, бу ойда қилинган ҳар бир савобли амал бир неча баробар кўпайтирилади. Пайғамбаримиз алайҳиссалом Рамазонда одамларга ниҳоятда саховатли бўлганлар. Ибн Аббос розияллоҳу анҳу шундай ривоят қилади: “Расулуллоҳ алайҳи васаллам одамларнинг энг саховатлиси эдилар. У зотнинг саховатлари энг юқори чўққига Рамазон ойида етар эди”.

Бу ҳадисдан англашиладики, мусулмон киши Рамазонда ўзининг ҳожатманд биродарларига ёрдам қўлини чўзишга интилмоғи лозим.

Бошқа бир ҳадиси шарифда Пайғамбаримиз алайҳиссалом: “Ким рўзадорга ифторлик берса, рўзадор олган савобнинг айниси унга ҳам берилади”, деганлар.

Шундан келиб чиқиб, хайру эҳсон ва ифторликларимизни ўз эгаси – муҳтожлар ва фақирлар, боқувчисини йўқотган, бир сўз билан айтганда эҳтиёжмандларга беришимиз нақадар савобли эканини унутмаслигимиз лозимдир.

Хулоса ўрнида айтадиган бўлсак, Рамазон ойи – бу маънавий юксалиш, гуноҳлардан покланиш, қалбни тозалаш ва Аллоҳнинг раҳматига эришиш имкониятидир. Бу ойда рўза тутиш, ибодат қилиш, Қуръон ўқиш, хайру эҳсон қилиш, муҳтожларга ёрдам бериш ва ҳар бир лаҳзани савобли ишларга бағишлаш лозим.

Аллоҳ таоло бизларни ушбу муборак ойнинг фазилатларидан баҳраманд қилсин, гуноҳларимизни мағфират этсин ва жаннат аҳлидан қилсин! Аллоҳ ватанимизга муборак ой сабаб Ўз раҳмати ва баракотини зиёда қилсин!

Убайдуллоҳ Абдуллаев,

Фарғона вилояти бош имом-хатиби, Уламолар кенгаши аъзоси

«Янги Фарғона» газетаси 13-сон

Ramazon oyi – musulmonlar uchun eng ulug‘, fayzli va barakali oylardan biri hisoblanadi. Bu oyda Alloh taoloning rahmati keng yoyiladi, bandalarning qilgan yaxshiliklari ko‘paytiriladi, gunohlari kechiriladi va ular jannatga musharraf bo‘lish uchun ulkan imkoniyatga ega bo‘ladilar.

Ramazon – Qur’on nozil qilingan, ro‘za farz qilingan, savoblar bir necha barobar orttirilgan va mo‘minlar uchun jannat eshiklari ochilgan oydir. Bu oyni ibodat, zikr, Qur’on tilovati, ro‘za, sadaqa, xayru ehson va shukronalik bilan o‘tkazish har bir musulmon uchun sharaf va ulkan imkoniyatdir.

Alloh taolo Qur’oni karimda shunday marhamat qiladi: “Ramazon oyi – unda odamlarga hidoyat hamda hidoyatu furqondan iborat ochiq-oydin hujjatlar bo‘lib, Qur’on nozil qilingan. Sizlardan kim bu oyga yetsa, ro‘za tutsin…” (Baqara surasi, 185-oyat).

Bu oyatda Ramazon oyining fazilati va uning ila kelgan ulkan ne’mat – Qur’oni karim zikr qilingan. Ramazon oyining eng buyuk alomati shuki, unda Payg‘ambarimiz alayhissalomga va butun insoniyatga hidoyat manbai bo‘lgan Qur’oni karim nozil qilingan. Payg‘ambarimiz Muhammad sollallohu alayhi vasallam Ramazon oyining ulkan fazilatlari haqida shunday deganlar:

“Ramazon oyi kelsa, jannat eshiklari ochiladi, do‘zax eshiklari yopiladi va shaytonlar kishanlanadi”.

Bu hadisda Ramazon oyida musulmonlar uchun jannat eshiklari ochilishi, gunohlar kechirilishi va shaytonlarning ta’siri susayishi zikr qilingan.

Ramazon oyining eng ulug‘ ibodati – ro‘za. Bu ibodat Alloh taoloning buyrug‘i bo‘lib, har bir balog‘atga yetgan, sog‘lom musulmon kishi uchun farz qilingandir. Alloh taolo Qur’onda shunday marhamat qiladi:

“Ey iymon keltirganlar! Sizlardan oldin o‘tgan ummatlarga ro‘za farz qilingani kabi sizlarga ham ro‘za farz qilindi. Shoyadki, taqvodor bo‘lsangiz!” (Baqara surasi, 183-oyat).

Bu oyatda ro‘zaning asosiy maqsadi taqvo ekanligi ta’kidlanmoqda. Ro‘za nafaqat ochlik va chanqoqlikni his qilish, balki nafsni tiyish, gunohlardan saqlanish, qalbni poklash va Allohga yaqinlashish uchun ajoyib imkoniyatdir.

Payg‘ambarimiz alayhissalom shunday deganlar: “Kim Ramazon oyida iymon va ixlos bilan ro‘za tutsa, uning oldingi gunohlari kechiriladi”.

Ushbu hadisdan ko‘rinib turibdiki, Ramazon oyini ibodat va tavba bilan o‘tkazgan musulmon gunohlaridan poklanadi va jannatga musharraf bo‘lish imkoniga ega bo‘ladi.

Ramazon oyi faqatgina ro‘za tutish oyi emas, balki insonlar o‘rtasida muhabbat, birodarlik va xayru ehsonni keng yoyish oyidir. Bu yil muborak Ramazon oyini “Ramazon — mehr-muruvvat, ahillik va shukronalik oyi” shiori ostida o‘tkazishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Ushbu ezgu g‘oya xalqimizga xos bag‘rikenglik, bir-biriga mehr va hamjihatlik fazilatlarini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi. Ayniqsa, Ramazon oyi insonlarni yaxshilik qilishga, muhtojlarga ko‘mak berishga, oila va jamiyatdagi o‘zaro hurmat va hamkorlikni kuchaytirishga undaydigan ulug‘ davrdir. Shu ma’noda, bu yilgi shior jamiyatimizda saxovat, bag‘rikenglik va shukronalik muhitini yanada keng yoyishga qaratilgan muhim tashabbus sifatida namoyon bo‘lmoqda.

Davlatimiz rahbari tomonidan Ramazon oyida aholini ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash maqsadida 1 trillion so‘m mablag‘ ajratilishi yurtimizda inson qadrini yuksaltirishga bo‘lgan e’tiborning amaliy ifodasidir. Ushbu mablag‘lar orqali kam ta’minlangan oilalar, nogironligi bo‘lgan shaxslar, yolg‘iz keksalar va ehtiyojmand qatlam vakillariga moddiy va ma’naviy ko‘maklar ko‘rsatiladi. Bu esa yurtimizda ijtimoiy adolat va birdamlik tamoyillari yanada mustahkamlanib, har bir inson qalbida Ramazon oyining haqiqiy ruhi — mehr-shafqat va shukronalik tuyg‘ulari yanada yuksalishiga xizmat qiladi. Zero, bu oyda qilingan har bir savobli amal bir necha barobar ko‘paytiriladi. Payg‘ambarimiz alayhissalom Ramazonda odamlarga nihoyatda saxovatli bo‘lganlar. Ibn Abbos roziyallohu anhu shunday rivoyat qiladi: “Rasululloh alayhi vasallam odamlarning eng saxovatlisi edilar. U zotning saxovatlari eng yuqori cho‘qqiga Ramazon oyida yetar edi”.

Bu hadisdan anglashiladiki, musulmon kishi Ramazonda o‘zining hojatmand birodarlariga yordam qo‘lini cho‘zishga intilmog‘i lozim.

Boshqa bir hadisi sharifda Payg‘ambarimiz alayhissalom: “Kim ro‘zadorga iftorlik bersa, ro‘zador olgan savobning aynisi unga ham beriladi”, deganlar.

Shundan kelib chiqib, xayru ehson va iftorliklarimizni o‘z egasi – muhtojlar va faqirlar, boquvchisini yo‘qotgan, bir so‘z bilan aytganda ehtiyojmandlarga berishimiz naqadar savobli ekanini unutmasligimiz lozimdir.

Xulosa o‘rnida aytadigan bo‘lsak, Ramazon oyi – bu ma’naviy yuksalish, gunohlardan poklanish, qalbni tozalash va Allohning rahmatiga erishish imkoniyatidir. Bu oyda ro‘za tutish, ibodat qilish, Qur’on o‘qish, xayru ehson qilish, muhtojlarga yordam berish va har bir lahzani savobli ishlarga bag‘ishlash lozim.

Alloh taolo bizlarni ushbu muborak oyning fazilatlaridan bahramand qilsin, gunohlarimizni mag‘firat etsin va jannat ahlidan qilsin! Alloh vatanimizga muborak oy sabab O‘z rahmati va barakotini ziyoda qilsin!

Ubaydulloh Abdullayev,

Farg‘ona viloyati bosh imom-xatibi, Ulamolar kengashi a’zosi

«Yangi Farg‘ona» gazetasi 13-son

Ғанимат ой Рамазон
Аллоҳ таоло муборак каломи шарифида бундай марҳамат қилади:

يَا أَيُّهَا الَّذِينَ آمَنُوا كُتِبَ عَلَيْكُمُ الصِّيَامُ كَمَا كُتِبَ عَلَى الَّذِينَ مِن قَبْلِكُمْ لَعَلَّكُمْ تَتَّقُونَ

«Эй иймон келтирганлар! Сизлардан аввалгиларга фарз қилинганидек, сизларга ҳам рўза фарз қилинди. Шоядки, тақво қилсангиз» (Бақара сураси, 183-оят).

«Шоядки, тақво қилсангиз» ишорасини Аллоҳ бу ой ила инсонни қалбини ислоҳ қилишликни ирода қилган бўлса не ажаб . Бу раҳмат ойига истиғфор билан кириб, тасбеҳ ва ҳамдлар билан Аллоҳни зикр қилиш лозим. Инсонни қанча ибодат қилмасин унинг амаллари эмас, балки Аллоҳнинг раҳмати уни жаннатга олиб киради. Рамазон шундай ойки, унда Қуръони карим нозил бўлган. Бу ойда ўқилган фурқон соҳибини шафоат қилади. Муборак ойда шаҳватдан тийилиш бор, Аллоҳни рўзадор учун ваъдалари бор, унда саҳарлик бор, пайғамбаримиз алайҳиссалом айтган барака бор. Бу ойда ифторлик бор, Роббисини ҳузурида хурсанд бўлишлик бор. Унда рўзадорга ифторлик қилиб савобда ўзиб кетиш бор. Холис ният ва солиҳ амаллар ила муқаддам ўтган гуноҳларини кечиришлик бор. Чунки бу ой тамомий Аллоҳни раҳмат ойидир. Ким бу ойни ғанимат билиб эъзозласа, дархақиқат Аллоҳ ҳам у кишини эзозлайди.

Расулуллоҳ ﷺ дедилар:

لِلصَّائِمِ فَرْحَتَانِ: فَرْحَةٌ عِنْدَ فِطْرِهِ، وَفَرْحَةٌ عِنْدَ لِقَاءِ رَبِّهِ

«Рўзадор учун икки хурсандчилик бор: ифтор қилган пайтидаги хурсандчилиги ва Парвардигорига йўлиқган пайтидаги хурсандчилиги» (Саҳиҳи Бухорий). Бу хурсандчиликка Аллоҳ хар бандасини етказсин.

Агар бу раҳматни тушуниб етсак, ибодатлардан лаззат оламиз, бир йилга етгулик иймон деб номланмиш озуқага эга бўламиз. Вақт бизни аямайди, умр эса ўткинчи, Ўзимиз билан фақат солиҳ амалларимизгина қолади. Рамазон эса ғанимат биродар…

Хожимурод Мамадалиев,

Қўштепа тумани «Салмони Форсий» масжиди имом-ноиби

Alloh taolo muborak kalomi sharifida bunday marhamat qiladi:

يَا أَيُّهَا الَّذِينَ آمَنُوا كُتِبَ عَلَيْكُمُ الصِّيَامُ كَمَا كُتِبَ عَلَى الَّذِينَ مِن قَبْلِكُمْ لَعَلَّكُمْ تَتَّقُونَ

«Ey iymon keltirganlar! Sizlardan avvalgilarga farz qilinganidek, sizlarga ham ro‘za farz qilindi. Shoyadki, taqvo qilsangiz» (Baqara surasi, 183-oyat).

«Shoyadki, taqvo qilsangiz» ishorasini Alloh bu oy ila insonni qalbini isloh qilishlikni iroda qilgan bo‘lsa ne ajab . Bu rahmat oyiga istig‘for bilan kirib, tasbeh va hamdlar bilan Allohni zikr qilish lozim. Insonni qancha ibodat qilmasin uning amallari emas, balki Allohning rahmati uni jannatga olib kiradi. Ramazon shunday oyki, unda Qur’oni karim nozil bo‘lgan. Bu oyda o‘qilgan furqon sohibini shafoat qiladi. Muborak oyda shahvatdan tiyilish bor, Allohni ro‘zador uchun va’dalari bor, unda saharlik bor, payg‘ambarimiz alayhissalom aytgan baraka bor. Bu oyda iftorlik bor, Robbisini huzurida xursand bo‘lishlik bor. Unda ro‘zadorga iftorlik qilib savobda o‘zib ketish bor. Xolis niyat va solih amallar ila muqaddam o‘tgan gunohlarini kechirishlik bor. Chunki bu oy tamomiy Allohni rahmat oyidir. Kim bu oyni g‘animat bilib e’zozlasa, darxaqiqat Alloh ham u kishini ezozlaydi.

Rasululloh ﷺ dedilar:

لِلصَّائِمِ فَرْحَتَانِ: فَرْحَةٌ عِنْدَ فِطْرِهِ، وَفَرْحَةٌ عِنْدَ لِقَاءِ رَبِّهِ

«Ro‘zador uchun ikki xursandchilik bor: iftor qilgan paytidagi xursandchiligi va Parvardigoriga yo‘liqgan paytidagi xursandchiligi» (Sahihi Buxoriy). Bu xursandchilikka Alloh xar bandasini yetkazsin.

Agar bu rahmatni tushunib yetsak, ibodatlardan lazzat olamiz, bir yilga yetgulik iymon deb nomlanmish ozuqaga ega bo‘lamiz. Vaqt bizni ayamaydi, umr esa o‘tkinchi, O‘zimiz bilan faqat solih amallarimizgina qoladi. Ramazon esa g‘animat birodar…

Xojimurod Mamadaliyev,

Qo’shtepa tumani «Salmoni Forsiy» masjidi imom-noibi

Вафот этган ота-онамга қандай яхшилик қилишим мумкин?
Фарзанд учун ота-онага хизмат қилиб, уларнинг розилигини олишдан ҳам улуғроқ саодат йўқ. Боиси Аллоҳ таоло ризоси ота-она розилигига боғланган.

Меҳрибон Роббимиз ота-она розилигини топиш учун бизларга унинг йўллари ва воситаларини осон қилиб қўйган. Нафақат ҳаётликларида, балки дунёдан кўз юмганларидан кейин ҳам уларга яхшилик қилиш шулардан биридир.

Шариатимизда ота-она нафақат ҳаётлик чоғларида, балки улар бу дунёдан ўтиб кетганларидан кейин ҳам ҳақларини адо этмоқлик фарзанд зиммасидаги вазифалардан саналади. Ана шулардан бири ота-она яқинлари ва дўстларига яхшилик қилишдир.

Ибн Динордан ривоят қилинади: “Абдуллоҳ ибн Умарнинг эшаги ва салласи бўлар эди. Бир куни ўша эшагини миниб кетаётган эди, олдидан бир аъробий ўтиб қолди. Шунда  “Сен фалончининг ўғли эмасмисан?” деди. У: “Ҳа, шундай”, деди. Ибн Умар унга эшакни бериб, “Бунга миниб ол”, деди ва салласини бериб: “Буни бошингга ўраб ол”, деди.

Шерикларидан бири унга: “Аллоҳ сизни мағфират қилсин! Чарчаганда миниб турадиган эшагингизни, бошингизга ўрайдиган саллангизни мана шу аъробийга бердингиз-а?” деди. Ибн Умар: “Мен Расулуллоҳ соллаллоҳу алайҳи ва салламнинг “Яхшиликларнинг энг яхшиси – киши отаси кетганидан (вафот этганидан) сўнг унинг яхши кўрганларига яхшилик қилишидир”, деганларини эшитганман. Унинг отаси (отам) Умарнинг дўсти эди”, деди” (Имом Муслим ривояти).

Абу Усайд Молик ибн Рабиъа Соъидий розияллоҳу анҳудан ривоят қилинади: “Расулуллоҳ соллаллоҳу алайҳи ва салламнинг ҳузурларида эдик, Бани Салималик бир киши келиб, “Ё Аллоҳнинг Расули, ота-онамнинг вафотидан кейин уларга қилишим мумкин бўлган яхшиликлардан бирор нарса қолдими?” деди. У зот: “Ҳа. Уларнинг ҳаққига дуо қилиш, улар учун истиғфор айтиш, улардан кейин аҳдларига вафо қилиш, улар орқалигина боғланадиган силаи раҳмни боғлаш ва уларнинг дўстларини икром қилиш”, дедилар (Имом Абу Довуд ривояти).

Ҳадиси шарифда фарзанд ўз ота-онасига қиладиган яхшилик уларнинг вафотларидан кейин ҳам давом этиши лозимлиги баён қилинмоқда. Яъни, фарзанд ота-онаси ҳаққига уларнинг вафотидан кейин ҳам мағфират сўраб дуо қилиб турса, улар учун Аллоҳ таолога истиғфор айтишни канда қилмаса, иншоАллоҳ ота-онасининг савобига савоб қўшилиб бораверади, даражаси эса кўтарилади. Яна бир муҳим жиҳат шуки, фарзандлар ота-онасининг яқинларига ҳамиша сила раҳм қилиши, уларнинг ҳолларидан хабар олиб туришлари лозим.

Имом Бухорий ривоят қилган ҳадисда Расулуллоҳ соллаллоҳу алайҳи ва саллам: “Отангнинг дўстлигига риоя қил, шунда Аллоҳ таоло нурингни сўндирмайди”, деганлар.

Демак, ота билан дўстлашган ҳар қандай одамлардан алоқани узмаслик керак.

Илёсхон АҲМЕДОВ

Farzand uchun ota-onaga xizmat qilib, ularning roziligini olishdan ham ulug‘roq saodat yo‘q. Boisi Alloh taolo rizosi ota-ona roziligiga bog‘langan.

Mehribon Robbimiz ota-ona roziligini topish uchun bizlarga uning yo‘llari va vositalarini oson qilib qo‘ygan. Nafaqat hayotliklarida, balki dunyodan ko‘z yumganlaridan keyin ham ularga yaxshilik qilish shulardan biridir.

Shariatimizda ota-ona nafaqat hayotlik chog‘larida, balki ular bu dunyodan o‘tib ketganlaridan keyin ham haqlarini ado etmoqlik farzand zimmasidagi vazifalardan sanaladi. Ana shulardan biri ota-ona yaqinlari va do‘stlariga yaxshilik qilishdir.

Ibn Dinordan rivoyat qilinadi: “Abdulloh ibn Umarning eshagi va sallasi bo‘lar edi. Bir kuni o‘sha eshagini minib ketayotgan edi, oldidan bir a’robiy o‘tib qoldi. Shunda  “Sen falonchining o‘g‘li emasmisan?” dedi. U: “Ha, shunday”, dedi. Ibn Umar unga eshakni berib, “Bunga minib ol”, dedi va sallasini berib: “Buni boshingga o‘rab ol”, dedi.

Sheriklaridan biri unga: “Alloh sizni mag‘firat qilsin! Charchaganda minib turadigan eshagingizni, boshingizga o‘raydigan sallangizni mana shu a’robiyga berdingiz-a?” dedi. Ibn Umar: “Men Rasululloh sollallohu alayhi va sallamning “Yaxshiliklarning eng yaxshisi – kishi otasi ketganidan (vafot etganidan) so‘ng uning yaxshi ko‘rganlariga yaxshilik qilishidir”, deganlarini eshitganman. Uning otasi (otam) Umarning do‘sti edi”, dedi” (Imom Muslim rivoyati).

Abu Usayd Molik ibn Rabi’a So’idiy roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: “Rasululloh sollallohu alayhi va sallamning huzurlarida edik, Bani Salimalik bir kishi kelib, “Yo Allohning Rasuli, ota-onamning vafotidan keyin ularga qilishim mumkin bo‘lgan yaxshiliklardan biror narsa qoldimi?” dedi. U zot: “Ha. Ularning haqqiga duo qilish, ular uchun istig‘for aytish, ulardan keyin ahdlariga vafo qilish, ular orqaligina bog‘lanadigan silai rahmni bog‘lash va ularning do‘stlarini ikrom qilish”, dedilar (Imom Abu Dovud rivoyati).

Hadisi sharifda farzand o‘z ota-onasiga qiladigan yaxshilik ularning vafotlaridan keyin ham davom etishi lozimligi bayon qilinmoqda. Ya’ni, farzand ota-onasi haqqiga ularning vafotidan keyin ham mag‘firat so‘rab duo qilib tursa, ular uchun Alloh taologa istig‘for aytishni kanda qilmasa, inshoAlloh ota-onasining savobiga savob qo‘shilib boraveradi, darajasi esa ko‘tariladi. Yana bir muhim jihat shuki, farzandlar ota-onasining yaqinlariga hamisha sila rahm qilishi, ularning hollaridan xabar olib turishlari lozim.

Imom Buxoriy rivoyat qilgan hadisda Rasululloh sollallohu alayhi va sallam: “Otangning do‘stligiga rioya qil, shunda Alloh taolo nuringni so‘ndirmaydi”, deganlar.

Demak, ota bilan do‘stlashgan har qanday odamlardan aloqani uzmaslik kerak.

Ilyosxon AHMЕDOV

Рамазон – саховат, бирдамлик ва бағрикенглик ойи
Диёримизга ойларнинг султони, меҳр-шафқат ва саховат рамзи бўлган, Қуръони карим нозил бўлган, фазилати жиҳатидан бошқа ойлардан афзал моҳи Рамазон ташриф буюрди. Аллоҳ таоло барчамизга ушбу ойни муборак қилиб, Ўзи рози бўладиган кўплаб ибодатларни бажаришимизга муваффақ айласин!

Шукурлар бўлсинки, Рамазон ойи бизни юртда ҳам жуда катта эътибор ва тайёргарлик билан кутиб олинади. Сабаби, ҳар йили Рамазон ойи яқинлашиши билан давлатимиз раҳбари Шавкат Мирзиёевнинг “Муборак Рамазон ойини муносиб тарзда ўтказиш” тўғрисида қарорлари қабул қилиниб, масжидларда эмин-эркин ибодат қилинишига ҳукумат миқёсида эътибор қаратилади. Шундай экан, биз мўмин-мусулмонлар бу шароитларни қадрига етиб, ушбу муборак ойни шукроналик кайфиятида ўтказишимиз лозимдир.

Рамазон ойи – Аллоҳ таолонинг раҳмати ёғиладиган, жаннат безатиладиган, дўзах эшиклари ёпиладиган, шайтонлар кишанланадиган ва кўп бандаларнинг гуноҳлари кечириладиган ойдир. Бу ой – гуноҳлари кечириладиган вақтдир. Бу ҳақида ҳадиси шарифда шундай дейилади:

“Ким Рамазон ойида имон билан, савоб умидида рўза тутса, унинг ўтган гуноҳлари кечирилади” (муттафақун алайҳ).

Рамазон ойи – эҳсон ва саховат ойи ҳамдир. Чунки, Рамазонда қилинган ибодатларнинг савоби кўп бўлгани каби, эҳсон ва саховатда ҳам савоб кўп бўлади. Мана шу вақтни ғанимат билиб, ота-она, оила, туғишганлар, қариндошлар, қўни-қўшнилар ва бева-бечораларнинг ҳолидан хабар олиш айни муддаодир.

Рамазонда бойлар ҳам бир ой очлик ва чанқоқликни бошларидан кечиришиб, камбағалларнинг йил давомидаги ҳолатларини ҳис этадилар. Бу эса кам таъминланганларга раҳм-шафқат кўрсатишларига, уларнинг ҳолини ўз таналарида ҳис қилиб, қалбларида ҳамдардлик туйғулари пайдо қилишларига сабаб бўлади.

Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёев бу йилги Рамазон ойини миллий анъана ва қадриятларга мос тарзда ўтказишга доир чора-тадбирларни амалга ошириши кераклиги, ушбу фазилатли ойда “Рамазон – саховат, бирдамлик ва бағрикенглик ойи” ғояси асосида:

– эҳтиёжмандлар ҳамда илм-маърифат йўлида изланаётган ёшларга ёрдам бериш бўйича ташаббусларни қўллаб-қувватлашга;

– оилавий ришталарни мустаҳкамлаш, маҳаллаларда ўзаро тушуниш ва ишонч муҳитини кучайтириш ҳамда ҳурмат ва меҳр-оқибат қадриятларини тараннум этишга;

– атроф-муҳитни асраш, муқаддас қадамжо, зиёратгоҳ ва  қабристонларни ободонлаштириш, кўчатлар экишга ҳамда Рамазон ойи билан боғлиқ тадбирларда меъёрга амал қилиш ва исрофгарчиликка йўл қўймасликка алоҳида эътибор берилсин дея қарор қабул қилдилар.

Ибн Аббос разияллоҳу анҳумодан ривоят қилинади: “Набий саллаллоҳу алайҳи васаллам одамларнинг сахийси эдилар. Айниқса, Рамазон ойида Жаброил алайҳиссалом билан учрашганларида янаям сахий бўлиб кетардилар. Рамазоннинг ҳар кечасида Жаброил алайҳиссалом билан учрашардилар ва Қуръон ўқиб берардилар” (муттафақун алайҳ).

Мўмин киши ўзганинг ҳожатини чиқарадиган ва мушкилини аритадиган, бошқаларга холис ёрдам берадиган бўлиши керак. Чунки, Пайғамбаримиз саллаллоҳу алайҳи васаллам бу ҳақда шундай деганлар:

“Аллоҳга энг севимли банда – одамларга кўпроқ манфаати тегадиганидир! Аллоҳ таолога энг маҳбуб амал – мусулмоннинг қалбига хурсандчилик киргизишингиз, ундан ғам ташвишларини аритишингиз, зиммасидаги қарзини узиб беришингиз, очлигини кетказишингиздир! Мусулмон биродаримни ҳожатини чиқариш йўлида юришим Масжидун Набавийда бир ой эътикоф ўтиришимдан яхшироқдир. Ким ғазабини тийса, Аллоҳ таоло унинг айбларини ёпади. Ким ўч олишга қодир бўла туриб, ғазабини ютса, Аллоҳ унинг қалбини Қиёмат кунида омонлик билан тўлдиради. Ким биродарининг ҳожати билан юриб, уни раво қилса, Аллоҳ қадамлар тоядиган Кунда унинг қадамларини собит қилиб қўяди” (Имом Табароний ривояти).

Динимизда дунё охират яхшилигига етиш учун мусулмон киши ўзи яхши кўрган нарсани ўзгаларга ҳам раво кўриши ва яхши кўрганидан хайру эҳсон қилиш керак бўлади.

Инфоқ-эҳсон қилишнинг савоби борасида ҳадиси шарифларда ҳам жуда кўп маълумотлар бордир. Хайри-эҳсоннинг фойдаси нафақат бу дунёда балки, қабр ва қиёматда ҳам борлиги ҳақида Пайғамбаримиз саллаллоҳу алайҳи васаллам шундай деганлар:

“Албатта садақа ўз эгасини қабр иссиқлигидан сақлайди. Садақа қилувчи мўмин Қиёмат куни ўз садақаси соясида туради” (Имом Табароний Уқба ибн Омир разияллоҳу анҳудан ривоят қилганлар).

Аллоҳ таоло ушбу ойни барчамизга баракали қилиб, ундан унумли фойдаланиб олишни насиб қилсин!

Расулхон Аҳроров,

Қува туман бош имом-хатиби

Diyorimizga oylarning sultoni, mehr-shafqat va saxovat ramzi bo‘lgan, Qur’oni karim nozil bo‘lgan, fazilati jihatidan boshqa oylardan afzal mohi Ramazon tashrif buyurdi. Alloh taolo barchamizga ushbu oyni muborak qilib, O‘zi rozi bo‘ladigan ko‘plab ibodatlarni bajarishimizga muvaffaq aylasin!

Shukurlar bo‘lsinki, Ramazon oyi bizni yurtda ham juda katta e’tibor va tayyorgarlik bilan kutib olinadi. Sababi, har yili Ramazon oyi yaqinlashishi bilan davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyevning “Muborak Ramazon oyini munosib tarzda o‘tkazish” to‘g‘risida qarorlari qabul qilinib, masjidlarda emin-erkin ibodat qilinishiga hukumat miqyosida e’tibor qaratiladi. Shunday ekan, biz mo‘min-musulmonlar bu sharoitlarni qadriga yetib, ushbu muborak oyni shukronalik kayfiyatida o‘tkazishimiz lozimdir.

Ramazon oyi – Alloh taoloning rahmati yog‘iladigan, jannat bezatiladigan, do‘zax eshiklari yopiladigan, shaytonlar kishanlanadigan va ko‘p bandalarning gunohlari kechiriladigan oydir. Bu oy – gunohlari kechiriladigan vaqtdir. Bu haqida hadisi sharifda shunday deyiladi:

“Kim Ramazon oyida imon bilan, savob umidida ro‘za tutsa, uning o‘tgan gunohlari kechiriladi” (muttafaqun alayh).

Ramazon oyi – ehson va saxovat oyi hamdir. Chunki, Ramazonda qilingan ibodatlarning savobi ko‘p bo‘lgani kabi, ehson va saxovatda ham savob ko‘p bo‘ladi. Mana shu vaqtni g‘animat bilib, ota-ona, oila, tug‘ishganlar, qarindoshlar, qo‘ni-qo‘shnilar va beva-bechoralarning holidan xabar olish ayni muddaodir.

Ramazonda boylar ham bir oy ochlik va chanqoqlikni boshlaridan kechirishib, kambag‘allarning yil davomidagi holatlarini his etadilar. Bu esa kam ta’minlanganlarga rahm-shafqat ko‘rsatishlariga, ularning holini o‘z tanalarida his qilib, qalblarida hamdardlik tuyg‘ulari paydo qilishlariga sabab bo‘ladi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev bu yilgi Ramazon oyini milliy an’ana va qadriyatlarga mos tarzda o‘tkazishga doir chora-tadbirlarni amalga oshirishi kerakligi, ushbu fazilatli oyda “Ramazon – saxovat, birdamlik va bag‘rikenglik oyi” g‘oyasi asosida:

– ehtiyojmandlar hamda ilm-ma’rifat yo‘lida izlanayotgan yoshlarga yordam berish bo‘yicha tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlashga;

– oilaviy rishtalarni mustahkamlash, mahallalarda o‘zaro tushunish va ishonch muhitini kuchaytirish hamda hurmat va mehr-oqibat qadriyatlarini tarannum etishga;

– atrof-muhitni asrash, muqaddas qadamjo, ziyoratgoh va  qabristonlarni obodonlashtirish, ko‘chatlar ekishga hamda Ramazon oyi bilan bog‘liq tadbirlarda me’yorga amal qilish va isrofgarchilikka yo‘l qo‘ymaslikka alohida e’tibor berilsin deya qaror qabul qildilar.

Ibn Abbos raziyallohu anhumodan rivoyat qilinadi: “Nabiy sallallohu alayhi vasallam odamlarning saxiysi edilar. Ayniqsa, Ramazon oyida Jabroil alayhissalom bilan uchrashganlarida yanayam saxiy bo‘lib ketardilar. Ramazonning har kechasida Jabroil alayhissalom bilan uchrashardilar va Qur’on o‘qib berardilar” (muttafaqun alayh).

Mo‘min kishi o‘zganing hojatini chiqaradigan va mushkilini aritadigan, boshqalarga xolis yordam beradigan bo‘lishi kerak. Chunki, Payg‘ambarimiz sallallohu alayhi vasallam bu haqda shunday deganlar:

“Allohga eng sevimli banda – odamlarga ko‘proq manfaati tegadiganidir! Alloh taologa eng mahbub amal – musulmonning qalbiga xursandchilik kirgizishingiz, undan g‘am tashvishlarini aritishingiz, zimmasidagi qarzini uzib berishingiz, ochligini ketkazishingizdir! Musulmon birodarimni hojatini chiqarish yo‘lida yurishim Masjidun Nabaviyda bir oy e’tikof o‘tirishimdan yaxshiroqdir. Kim g‘azabini tiysa, Alloh taolo uning ayblarini yopadi. Kim o‘ch olishga qodir bo‘la turib, g‘azabini yutsa, Alloh uning qalbini Qiyomat kunida omonlik bilan to‘ldiradi. Kim birodarining hojati bilan yurib, uni ravo qilsa, Alloh qadamlar toyadigan Kunda uning qadamlarini sobit qilib qo‘yadi” (Imom Tabaroniy rivoyati).

Dinimizda dunyo oxirat yaxshiligiga yetish uchun musulmon kishi o‘zi yaxshi ko‘rgan narsani o‘zgalarga ham ravo ko‘rishi va yaxshi ko‘rganidan xayru ehson qilish kerak bo‘ladi.

Infoq-ehson qilishning savobi borasida hadisi shariflarda ham juda ko‘p ma’lumotlar bordir. Xayri-ehsonning foydasi nafaqat bu dunyoda balki, qabr va qiyomatda ham borligi haqida Payg‘ambarimiz sallallohu alayhi vasallam shunday deganlar:

“Albatta sadaqa o‘z egasini qabr issiqligidan saqlaydi. Sadaqa qiluvchi mo‘min Qiyomat kuni o‘z sadaqasi soyasida turadi” (Imom Tabaroniy Uqba ibn Omir raziyallohu anhudan rivoyat qilganlar).

Alloh taolo ushbu oyni barchamizga barakali qilib, undan unumli foydalanib olishni nasib qilsin!

Rasulxon Ahrorov,

Quva tuman bosh imom-xatibi